Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

O‘ZBEKISTON-LATVIYA SIYOSIY MASLAHATLASHUVLARIGA DOIR

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
O‘ZBEKISTON-LATVIYA SIYOSIY MASLAHATLASHUVLARIGA DOIR

2016-yilning 22-fevral kuni Riga shahrida O‘zbekiston Respublikasi va Latviya Respublikasi Tashqi ishlar vazirliklari vakillari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlarning o‘n uchinchi raundi bo‘lib o‘tdi. Latviya delegatsiyasiga Tashqi ishlar vazirligi davlat kotibi o‘rinbosari, TIV siyosiy direktori Eduardas Stiprays boshchilik qildi.

Muloqot davomida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi ikki tomonlama munosabatlarning hozirgi holati va istiqbollari batafsil muhokama qilindi, hamkorlikning shartnomaviy-huquqiy asosi tahlil qilindi hamda xalqaro va mintaqaviy muammolar yuzasidan fikr almashildi.

Ta’kidlanganidek, O‘zbekiston-Latviya oliy darajadagi muntazam uchrashuvlari o‘zaro manfaatli munosabatlarining negizi hisoblanadi hamda ushbu aloqalar tomonlarning birgalikdagi sa’y-harakatlari bilan yaratilgan mustahkam huquqiy asosga tayanib jadal rivojlanib bormoqda.

Tomonlar bir-birlarini uzoq muddatli va ishonchli hamkor deb hisoblaydilar. Munosabatlar ochiqlik va manfaatlarni e’tirof etishga asoslanadi hamda siyosiy muloqot, parlamentlar va davlat idoralari o‘rtasidagi aloqalar, o‘zaro manfaatli savdo-iqtisodiy va transport-kommunikatsiya sohalari kabi yo‘nalishlarni qamrab oladi.

Suhbat chog‘ida 2016-yilga mo‘ljallangan turli darajadagi bo‘lajak uchrashuvlar jadvali bo‘yicha takliflar ham ko‘rib chiqildi.

O‘zbekiston delegatsiyasi Latviya TIV davlat kotibi Andrey Pildegovich bilan uchrashuv o‘tkazdi.

www.mfa.uz