O‘ZBEKISTON-LITVA SIYOSIY MASLAHATLASHUVLARIGA DOIR
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

2015-yilning 6-oktabr kuni Vilnyus shahrida O‘zbekiston va Litva tashqi ishlar vazirliklari delegatsiyalari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlarning oltinchi raundi bo‘lib o‘tdi.
Litva delegatsiyasiga vazir o‘rinbosari Andryus Krivas boshchilik qildi.
Muloqot davomida ikki tomon kun tartibidan o‘rin olgan qator masalalar, siyosiy-diplomatik, savdo-iqtisodiy, investitsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda munosabatlarni yanada rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlari hamda ayrim xalqaro va mintaqaviy muammolar yuzasidan atroflicha fikr almashildi.
Tomonlar O‘zbekiston-Litva aloqalarini kengaytirish, ularga ko‘p qirrali tus berish hamda hamkorlikning qo‘shma mexanizmlari faoliyatini faollashtirish zarurligini ta’kidladilar. Ikki mamlakat davlat va jamoat tashkilotlari, yetakchi iqtisodiy institutlari hamda kichik va o‘rta biznes vakillari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni mustahkamlashga o‘zaro qiziqish bildirildi.
Uchrashuvda 2015-yilning 5-6-noyabr kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan Xalqaro investitsiya forumi to‘g‘risida Litva tomoniga ma’lumot berildi.
Shuningdek, o‘zaro aloqalarni O‘zbekiston-Yevropa ittifoqi shaklida hamda BMT va boshqa tashkilotlar doiralarida yanada chuqurlashtirish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.