O‘zbekiston madaniyati kunlari Fransiyada minglab tomoshabinlarni to‘pladi
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Avval xabar qilinganidek, Fransiyada O‘zbekiston madaniyati kunlari bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu mamlakatning Burj shahrida o‘tkazilayotgan konsert dasturlari, yurtimizning sayyohlik salohiyati hamda madaniy merosini namoyish qiluvchi videotaqdimotlar, san’at buyumlari ko‘rgazmasi tadbir ishtirokchilari va mehmonlarida katta qiziqish uyg‘otdi.
Uch ming nafardan ziyod tomoshabinni to‘plagan mazkur tadbirda respublikamizning 50 dan ortiq mashhur san’at ustalari ishtirok etdi. Yorqin musiqiy kechadagi folklor-etnografiya ansambli, mumtoz va an’anaviy kuylar yulduzlari hamda qobiliyatli musiqachi va raqqoslarning ijrolari yig‘ilganlar qalbidan joy oldi. 2019 yilda ham bu shaharda O‘zbekiston madaniyati kunlarini yana bir bor o‘tkazish taklifi tadbirlarning muvaffaqiyatli bo‘lib o‘tganidan dalolat beradi.
“Gannat 2018” festivali bosh direktori Jak Mari Agnessning ta’kidlashicha, bu kabi tadbirlar ikki mamlakat o‘rtasidagi madaniy aloqalarni mustahkamlashda muhim vosita hisoblanadi.
— O‘zbekiston va Fransiya munosabatlari muvaffaqiyatli rivojlanib borayotganini mamnuniyat bilan ta’kidlashni istar edim. Mazkur tadbirning ahamiyatli jihati shundan iboratki, u hamkorlikni yanada mustahkamlashga yo‘l ochib beradi. Qayd etish joizki, “Sardoba” va “Lazgi” ansambllari o‘z chiqishlari bilan nafaqat fransuzlarni, balki Yevropaning turli mamlakatlaridan kelgan boshqa mehmonlarni ham o‘ziga maftun qildi. O‘zbekiston san’at ustalari mehmonlar tomonidan yuksak tasanno ila kutib olindi. Ular tomonidan ijro etilgan kompozitsiyalar o‘zbek musiqa maktabining go‘zalligi va o‘ziga xos xususiyatlarini to‘liq ochib bera oldi. San’at, qo‘shiq va musiqaning tarjimaga muhtoj emasligiga yana bir bor amin bo‘ldik, - dedi festival tashkilotchisi.
“Dunyo” AA