O’ZBEKISTON MADANIYATI VA SAN’ATINING YAPONIYADAGI TAQDIMOTI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Yaqinda Yaponiyaning Saytama shahrida “International Fair-2015” xalqaro ko’rgazmasi bo’lib o’tdi. Mazkur forum doirasida O’zbekistonning Tokiodagi elchixonasi tomonidan mamlakatimiz madaniyati va san’atining taqdimoti o’tkazildi.
Taqdimot qatnashchilari o’zbek xalqi milliy musiqa san’ati, milliy kiyimlari hamda xalq amaliy san’atining ajoyib namunalaridan bahramand bo’ldilar. Shuningdek, mehmonlar mamlakatimiz tarixi, madaniyati va an’analari haqida batafsil ma’lumotga ega bo’ldilar.
Tadbir doirasida Yaponiyaning “Guliston” ansambli o’z chqishlarida “Munojot”, “Tanovar”, “Dilxiroj”, “Lazgi” va boshqa o’zbek milliy raqslarini namoyish qildi.
Taqdimot so’nggida “Jahon” axborot agentligi muhbiri ishtirokchilar bilan suhbatlashdi.
Sakurai Takeshi, Saytama shahri Do’stlik va madaniyat xalqaro assotsiatsiyasi prezidenti:
— Mamlakatingiz boy tarixiy-madaniy merosi va ajoyib me’moriy obidalari bilan jahon madaniy sahnasida alohida o’ringa ega.
Samarqand, Buxoro va Xiva kabi dunyoga dong’i ketgan shaharlar qadimdan Buyuk ipak yo’lining ilmiy-madaniy va savdo markazlari bo’lish bilan birga Sharq va G’arbni bog’lovchi ko’prik vazifasini bajargan. Shuningdek, o’zbek tuprog’ida yashab ijod etgan buyuk mutafakkirlar va ularning jahon tamadduni rivojiga qo’shgan ulkan hissalarini e’tirof etishni istar edim.
Bugungi taqdimot yaponiya jamoatchiligini O’zbekiston madaniyati va milliy an’analari, shuningdek mamlakatingizning zamonaviy taraqqiyoti bilan bevosita tanishishga imkon beradi.
Yumiko Xomma, taqdimot mehmoni:
— Respublika tarixiy shahrlari, ulug’vor me’moriy obidalari, o’zbek yerining tabiiy manzaralari butun dunyodan sayyohlarni o’ziga ohanrabodek tortadi.
Xalqingizning samimiy mehmondo’stligi va o’ziga xos milliy taomlari yurtingizga tashrif buyurgan har qanday mehmonni bee’tibor qoldirmaydi.
Men juda ko’p mamlakatlarda bo’ldim, ammo O’zbekiston har doim men uchun eng sevimli o’lka bo’lib qoladi. Yaponiyalik ko’pchilik sayyohlar ham bu fikrga qo’shilishiga ishonchim komil.
“Jahon” AA, Saytama