Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

O‘ZBEKISTON – MAFTUNKOR DIYOR

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
O‘ZBEKISTON – MAFTUNKOR DIYOR

Poytaxtimizdagi “O‘zekspomarkaz” ko‘rgazmalar zalida “Ipak yo‘lida turizm” XXII Toshkent xalqaro sayyohlik yarmarkasi davom etmoqda. Unda dunyoning turli mintaqalaridan yigirmaga yaqin sayyohlik kompaniyasi va mamlakatimizda ushbu yo‘nalishda faoliyat yurituvchi tashkilot va firmalar ishtirok etmoqda.

O‘zA muxbiri yarmarka ishtirokchilarining taassurotlari bilan qiziqdi.

Chju Shanchjun, BMT Jahon sayyohlik tashkilotining ijrochi direktori:

– Turizm jadal rivojlanayotgan, xalqaro ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-ma’rifiy aloqalarni mustahkamlashga xizmat qilayotgan muhim sohalardan biridir. O‘zbekiston bu borada ulkan salohiyatga ega. Yurtingiz sayyohlik ko‘lami va tarixiy obidalari ko‘pligi bo‘yicha dunyodagi yetakchi mamlakatlar qatoridan joy olgan. Samarqand, Buxoro, Xiva va Shahrisabz shaharlari YuNESKOning jahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan.

Mamlakatingizda ana shunday noyob tarixiy merosni va milliy qadriyatlarni asrab-avaylash barobarida, sayyohlik infratuzilmasini rivojlantirishga alohida e’tibor berilayotir. “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi davlat, jamoat, xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda bu yo‘nalishda keng qamrovli chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda. “Ipak yo‘lida turizm” Toshkent xalqaro sayyohlik yarmarkasi ana shunday yirik loyihalardan biridir.

Tadbir yuqori saviyada tashkil etilgan. Unda dunyoning ko‘plab davlatlaridan yetakchi turistik tashkilotlar vakillari ishtirok etayotgani mamlakatingizda xorijlik ishbilarmonlar o‘z tadbirkorlik faoliyatini yuritishi uchun qulay sharoit yaratilganidan dalolatdir. Ushbu tadbir O‘zbekistonning sayyohlik salohiyatini yana bir karra jahonga keng namoyish etish barobarida, turli mamlakatlar o‘rtasidagi do‘stlik, hamkorlik rishtalarini mustahkamlash, madaniyatlararo muloqotni kuchaytirish, tinchlik va taraqqiyot yo‘lida o‘zaro aloqalarni mustahkamlashga zamin yaratadi.

Jon Bruno, Ekoturizm xalqaro jamiyati ijrochi direktori:

– O‘zbekiston turizmning ko‘plab zamonaviy yo‘nalishlari qatori ekologik turizmni rivojlantirish borasida ham ulkan salohiyatga ega. O‘zbekiston tabiatining o‘ziga xos landshaftlari, noyob flora va faunasi, tabiiy obidalari, iqlimi dunyoning boshqa mintaqalaridan ajralib turadi.

O‘zbekistonda alohida muhofaza etiladigan hududlar maydoni yildan-yilga kengayayotgani ushbu tabiiy boyliklarni asrab-avaylashga xizmat qilmoqda. Ekoturizmni rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlar nafaqat iqtisodiy yuksalish, balki ekologik muammolarni muvaffaqiyatli hal etishda ham muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.

Muhammad Sodiq, “Aaban Travel” sayyohlik kompaniyasi direktori (BAA):

– O‘zbekiston – tarix va zamonaviylikni o‘zida mujassam etgan tabarruk zamindir. Xorijda yurtingizga sayohat qilishga ishtiyoqmandlar ko‘p. Xususan, bizning kompaniyamiz orqali har yili uch mingdan ziyod sayyoh O‘zbekistonga keladi.

Yurtingizda turizm infratuzilmasi yil sayin takomillashayotgani xorijlik sayyohlar uchun katta qulaylik yaratmoqda. Ushbu yarmarka o‘zaro manfaatli aloqalarimizni yanada kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etayotir.

Hoshimjon G‘aybullayev, “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasining Namangan viloyatidagi vakili:

– Mamlakatimizning barcha hududlarida bo‘lgani kabi Namangan viloyatida ham turizm infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha ko‘plab loyihalar amalga oshirilmoqda. Natijada bir qator tarixiy obidalar rekonstruksiya qilindi. Chekka hududlarda mehmonxona, kemping, dam olish maskanlari ishga tushirilayotir. Yaratilayotgan imkoniyatlar tufayli sayohatga kelayotgan xorijliklar ko‘paymoqda. Joriy yilning sakkiz oyida 27 mingdan ko‘proq turistga xizmat ko‘rsatildi.

Ayni paytda viloyatimizda turizmning istiqbolli yo‘nalishlaridan biri – ekoturizm va sanatoriy-kurort xizmati ko‘rsatish sohasini rivojlantirish bo‘yicha keng qamrovli ishlar olib borilayotir. Shu maqsadda Chortoq tumanida 250 o‘rinli sanatoriya qurilmoqda. Yangiqo‘rg‘on, Chust, Kosonsoy va boshqa tumanlarda ham ana shunday loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilmoqda. Turizm sohasida malakali kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha dastur va loyihalar hayotga tatbiq etilmoqda. Ushbu yarmarka viloyatimizning o‘ziga xos sayyohlik salohiyatini keng namoyish etish va bu yo‘nalishdagi hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qilayotir.

Javlon Shomurodov, “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasining Xorazm viloyatidagi mintaqaviy bo‘limi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi:

– Viloyatimizda yetmishga yaqin mehmonxona va turistik firma sayyohlarga xizmat ko‘rsatmoqda. Sohani rivojlantirish bo‘yicha dasturlarda belgilangan vazifalar o‘z vaqtida bajarilishi natijasida turizm infratuzilmasi tobora takomillashmoqda.

Keyingi yillarda sayyohlikning turli sohalari, ayniqsa, ekologik turizmni rivojlantirish bilan bog‘liq qator loyihalar amalga oshirilmoqda. Yangi mehmonxonalar, sayyohlik firmalari tashkil etilmoqda. Bog‘ot tumanidagi “Qalajiq qal’a”, Xiva tumanidagi “Qoronko‘l” fermer xo‘jaliklari hududida tashkil etilgan sayyohlik ifratuzilmalari bunga misoldir. Yarmarkada viloyatimizning sayyohlik firma va kompaniyalari, tadbirkor hunarmandlar ana shu yo‘nalishdagi o‘z xizmatlari va mahsulotlarini taqdim etmoqda.

O’zA