Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

“O’ZBEKISTON - MARKAZIY OSIYODA TINCHLIK VA BARQARORLIK TAYANCHI”

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
“O'ZBEKISTON - MARKAZIY OSIYODA TINCHLIK VA BARQARORLIK TAYANCHI”

Mamlakatimizning Tel-Avivdagi elchixonasida Isroil ijtimoiy-siyosiy doiralari hamda yetakchi ommaviy axborot vositalarining vakillari ishtirokida O’zbekiston davlat mustaqilligining 24 yilligiga bag’ishlangan brifing bo’lib o’tdi.

Respublikamiz suveren rivojlanish yillari davomida qo’lga kiritgan ijtimoiy-iqtisodiy muvaffaqiyatlari, siyosiy, iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda ro’y bergan o’zgarishlar to’g’risidagi atroflicha ma’lumotlar tadbir qatnashchilarining e’tiboriga havola qilindi.

Brifing chog’ida Prezident Islom Karimovning O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma to’rt yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimdagi so’ziga alohida e’tibor qaratildi.

Tadbir nihoyasiga yetganidan so’ng Isroil tomonining ayrim vakillari brifing yakunlari bo’yicha “Jahon” axborot agentligiga intervyu berdilar.

Boris Maniyev, Kiryat-Gat shahar kengashi deputati, “BLOK” Umumisroil birlashmasi raisi, “Isroil-O’zbekiston” do’stlik jamiyatining rahbari:

— Eng avvalo, do’st O’zbekiston xalqini qutlug’ milliy bayrami bilan chil dildan tabriklashni, mamlakatga yanada ulkan muvaffaqiyatlar va farovonlik tilashni istar edim.

Mening nazarimda, respublika o’tgan davr mobaynida benihoya katta muvaffaqiyatlarni qo’lga kiritdi. 2011 va 2014-yillari mamlakatingizda bo’lgan chog’larim bunga o’zim ishonch hosil qilgan edim. Ro’y bergan ijobiy o’zgarishlardan hayratlandim. Bu mamlakat hayotining barcha sohalariga taalluqlidir. Ishonchim komilki, yaqin kelajakda O’zbekiston dunyoning ilg’or mamlakatlari safidan joy oladi.

Vladimir Mesamed, Quddus universitetining professori:

— Toshkentda bo’lib o’tgan tantanali marosimda O’zbekiston rahbari tomonidan ma’lum qilingan dalil va raqamlar o’zbekistonliklar qalbini milliy faxr-iftixor hamda o’z Vatani kelajagi uchun mas’uliyat tuyg’ulariga to’ldirdi, deb o’ylayman.

Bugungi kunda mamlakatingiz dunyoning iqtisodiyoti shitob bilan rivojlanayotgan davlatlari o’rtasida beshinchi o’rinni egallaydi. Keyingi o’n bir yil ichida O’zbekiston iqtisodiyoti 8 foizdan ziyod o’sish ko’rsatkichini namoyon qilayotgani, shubhasiz, katta e’tiborga molikdir.

Valeriy Serdse, “Vesti” gazetasi muharriri:

— 2014-yil dekabr oyida Isroil nashrining jurnalisti sifatida parlament saylovlarini yoritish uchun O’zbekistonga borishga muyassar bo’ldim. Markaziy saylov komissiyasi tomonidan qulay sharoitlar yaratildi. Nafaqat mamlakat poytaxti bo’lmish zamonaviy Toshkent, balki Farg’ona vodiysi, Andijon shahri bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo’ldim.

Shuni e’tirof etishim kerakki, 24 yil ichida mamlakat hayotining barcha sohalarida - siyosat va iqtisodiyotdan tortib odamlarning kayfiyatigacha, barcha-barchasida ro’y bergan ijobiy o’zgarishlar menda katta tassurot qoldirdi. Men davlat arboblari bilan, Toshkent va Andijon ko’chalarida oddiy fuqarolar bilan muloqotda bo’ldim. To’g’ri, o’zbekistonliklar ilgari ham o’zining mehmondo’stligi bilan ajralib turgan. Lekin bu safar ulardagi o’zgacha ko’tarinkilikka e’tibor qaratmaslik sira mumkin emas edi.

Menimcha, iqtisodiy yuksalishi, vazmin va chuqur o’ylangan tashqi hamda ichki siyosati, ijtimoiy sohaga qaratayotgan katta e’tibori bilan O’zbekiston haqli ravishda Markaziy Osiyodagi tinchlik va barqarorlikning tayanchi hisoblanadi.

Mordexay Kimyagarov, Markaziy Osiyoliklar xalqaro madaniy markazining raisi:

— Isroilda O’zbekistondan kelgan ikki yuz mingdan ziyod kishi yashaydi. Bu quyoshli o’lka hamisha bizning yodimizda va uni sevamiz. Chunki biz o’sha zaminda tug’ilganmiz, ko’p asrlar davomida avlod-ajdodlarimiz u yerda yashashgan va mehnat qilishgan.

Bugungi kunda ham mamlakatingiz bilan yaqin aloqalarimiz mavjud. Biz O’zbekistonda ro’y berayotgan o’zgarishlarni diqqat bilan kuzatib boramiz, u erishgan muvaffaqiyatlardan quvonamiz. O’zbekiston iqtisodiyoti mustahkamlanmoqda, xalqning ko’hna madaniyati va ma’naviy-tarixiy qadriyatlarini qayta tiklashga, ijtimoiy soha rivojiga, yoshlarni qo’llab-quvvatlash va keksalarni e’zozlashga katta e’tibor qaratilmoqda. Bularning barchasi o’zlarining salmoqli natijalarini bermoqda.

Ushbu fursatdan foydalanib, mehnatsevar va mehmondo’st o’zbek xalqini mamlakat Mustaqilligining 24 yillik bayrami bilan chin dildan tabriklayman.

“Jahon” AA, Tel-Aviv