Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

O’ZBEKISTON MAVZUSI OZARBAYJON OMMAVIY AXBOROT VOSITALARIDA

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
O'ZBEKISTON MAVZUSI OZARBAYJON OMMAVIY AXBOROT VOSITALARIDA

Ozarbayjonning «Etnoglobus» axborot-tahlil portali va «Trend» axborot agentligi mamlakatimiz mavzusiga bag’ishlangan turkum materiallarni e’lon qildi.

Ularda O’zbekistonning mustaqil rivojlanish yillari davomida qo’lga kiritgan muvaffaqiyatlari o’z aksini topgan.

Masalan, «Etnoglobus» axborot-tahlil portali respublikamizda sud tizimining me’yoriy bazasini takomillashtirish yuzasidan o’z vaqtida amalga oshirilgan qator o’zgarishlar tufayli inson huquqlarining samarali himoya qilinishiga erishilganini o’z o’quvchilari e’tiboriga havola qilgan. Materialda 2008-yili Oliy sud huzurida Sud qonunchiligini demokratlashtirish va liberallashtirish hamda sud tizimi mustaqilligini ta’minlash bo’yicha tadqiqot markazi tashkil etilishi sud-huquq sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning uzviy davomi bo’lgani alohida ta’kidlangan. Markazda qonunchilik bazasini tahlil qilish hamda umumlashtirish, qonun ustuvorligini ta’minlash borasida huquqni qo’llash, sud amaliyotini o’rganish va umumlashtirish ishlari olib borilmoqda. O’tgan davrda markazda sohaga oid islohotlar, qabul qilingan barcha qonun va me’yoriy-huquqiy hujjatlar, sud qonunchiligini liberallashtirish hamda demokratlashtirishga oid ma’lumotlar bazasi shakllantirildi.

«Trend» axborot agentligi e’lon qilgan “Mustaqillik yillarida O’zbekiston sport sohasida erishgan muvaffaqiyatlar” sarlavhali materialda mamlakatimizda sportning rivojlanishi va ommalashuvi borasida qo’lga kiritilgan zafarlar atroflicha qalamga olingan.

Maqolada o’tgan yillar davomida mamlakatimizda malakali sport ustalari, murabbiy va hakamlar tayyorlashning mustahkam tizimi shakllantirilgani alohida qayd etiladi. Agentlik ta’kidlaganidek, sog’lom turmush tarzi va har tomonlama sog’lom hamda barkamol avlodni tarbiyalash masalasi faol targ’ib etilgani bu borada katta natijalarga erishishga olib keldi.

Shuningdek, maqolada Xalqaro Olimpiya qo’mitasi prezidenti Tomas Bax hamda Osiyo Olimpiya kengashi rahbari Shayh Ahmad Al Fahad Al Sabahning joriy yil iyun oyida mamlakatimizda bo’lgan chog’larida O’zbekistonning sport infratuzilmasi va sohadagi loyihalarning keng qamrovliligiga yuqori baho bergani ham qayd etiladi. Ularning fikricha, o’zbek sport ustalarining Olimpiya va Osiyo o’yinlarida, jahon va kontinental musobaqalarida qo’lga kiritgan salmoqli muvaffaqiyatlari ana shu bunyodkorlik ishlarining natijasi hisoblanadi.

Bulardan tashqari, Ozarbayjonning mazkur ommaviy axborot vositalari O’zbekistonning ta’lim sohasida qo’lga kiritgan keng qamrovli muvaffaqiyatlari mavzusini ham atroflicha qalamga olgan.

“Jahon” AA, Boku