O‘ZBEKISTON MILLIY AVIAKOMPANIYASI “UMRA-2015” DASTURI BO‘YICHA ZIYORATCHILARGA XIZMAT KO‘RSATDI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

6-iyulda boshlangan ushbu dastur doirasida zamonaviy Boeing-757/767 laynerlarida respublikaning turli viloyatlaridan 670 ga yaqin ziyoratchiga xizmat ko‘rsatildi, deb xabar beradi kompaniya matbuot xizmati. Toshkent-Jidda-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha 6 ta charter qatnovi bajarildi.
Ziyoratchilarga yuqori darajada servisni ta’minlash uchun poytaxt aeroportida va MAK havo kemalarida barcha sharoitlar yaratildi. Ro‘yxatdan o‘tish va bojxona hujjatlarini rasmiylashtirish vaqtida ixtisoslashtirilgan ishchi guruhi ularga yordam ko‘rsatdi. “Ketring” DUK maxsus menyu bo‘yicha ularni mazali ovqatlar bilan ta’minladi.
Ziyoratchilarning mamlakatimizga qaytishi 20 iyulda yakunlandi.
“Jahon” AA