Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

O‘ZBEKISTON MILLIY KUTUBXONASI FONDI «O‘ZBEK XALQINING KELIB CHIQISH TARIXI» DEB NOMLANGAN KITOBI BILAN BOYITILDI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
O‘ZBEKISTON MILLIY KUTUBXONASI FONDI «O‘ZBEK XALQINING KELIB CHIQISH TARIXI» DEB NOMLANGAN KITOBI BILAN BOYITILDI

O‘zbekiston Milliy kutubxonasi fondi Ahmadali Asqarovning “O’zbekiston” nashriyot-matbaa ijodiy uyida 670 bet hajmda nashr etilgan “O‘zbek xalqining kelib chiqish tarixi” deb nomlangan kitobi bilan boyitildi, deya xabar beradi kutubxona matbuot xizmati.

Kitobda o‘zbek xalqining kelib chiqishi, etnogenez tarixi, uning urug‘-qabila holatidan elat-xalq bo’lib shakllanib borish jarayoni va shakllangan xalq sifatida millat darajasiga etish bosqichlari boy moddiy madaniyat va yozma manbalarning ilmiy tahlili asosida bayon etilgan.

Monografiyada o‘zbek xalqi hozirda yashab kelayotgan hudud bilan qadim zamonlardan bevosita bog‘liq tub yerlik xalq ekanligi, uning etnik tarkibini asosan yerli sug‘diy, xorazmiy, bohtariy, sak, prototurk va turkiy ajdodlarimiz tashkil etganini va uzoq asrlar davomida ularning bir-birlari bilan aralashib yashashi natijasida yangi millat – o‘zbeklarning paydo bo‘lishini ilmiy xolislik va ob’ektiv tarixiy tizimlilik asosida batafsil ma’lumot berilgan.

Kitobning alohida boblari bronza va temir davrida qoyatoshlar bitiklarida O‘rta Osiyo aholisi, shu yerda yashagan xalqlariga tegishli osori atiqalari, madaniy topilmalar, chorvador qabilalari madaniyati yodgorliklari, ijtimoiy-iqtisodiy va etnomadaniy rivojlanish, etnosiyosiy rivojlanish, Temuriylar davrida etnik jarayonlar va o‘zbek tilining shakllanishi taqdiqotiga bag‘ishlangan.

Muallif «o‘zbek milliy mentaliteti» tushunchasini ta’riflaydi va uning o‘ziga xosliklarini tadqiq etadi.

Kitobda qisqartmalar, atamalar va toponimlarning ilmiy isbotlangan izohlari bilan, boblarga ajratilgan holda berilishi alohida e’tiborga loyiq.

Mazkur kitob ilmiy tadqiqot institutlari ilmiy xodimlari, etnografiya, tilshunoslik, O‘zbekiston tarixini o‘rganayotgan talabalar va professor-o‘qituvchilar, shuningdek, O‘zbekiston etnosi tarixiga qiziquvchilar uchun mo‘ljallangan.

“Jahon” AA