O‘zbekiston Milliy kutubxonasida buyuk sarkarda va davlat arbobi Amir Temur tavalludiga bag‘ishlangan turkum tadbirlar
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida buyuk sarkarda Sohibqiron Amir Temur tavalludiga bag‘ishlangan “Sohibqiron” nomli uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deya xabar beradi kutubxona matbuot xizmati.
Tadbirda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, tarixchi, temuriyshunos-olim Hakimjon Sattoriy, Temuriylar shajarasi muzeyi ilmiy xodimi Fazliddin Rahimov, Toshkent davlat sharqshunoslik instituti qoshidagi Abu Rayxon Beruniy nomidagi Sharq qo‘lyozmalari markazi ilmiy xodimi Sanjar G‘ulomov, Akademik Milliy drama teatri aktyori, O‘zbekiston xalq artisti Tesha Muminov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Tursun Qoratoev, Toshkent Oliy umumqo‘shin qo‘mondonlik bilim yurti kursantlari, Oliy xarbiy bojxona instituti tinglovchilari, Toshkent soliq kolledji o‘quvchilari, mazkur dargohlar xodimlari, shuningdek Ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.
Milliy kutubxona direktori o‘rinbosari Umida Teshabaeva tadbirni ochiq deb e’lon qilar ekan, uning qatnashchilarini qutladi va bu sananing aximiyati va mohiyati bilan barchani tanishtirdi.
So‘zga chiqqanlar Amir Temurning bunyodkorlik ishlari va ilm ahliga qilgan hayrixohligi, saltanat mafkurasi, g‘oyasi borasida olib borgan siyosati, uning saltanat boshqaruvi va diplomatik munosabatlariga, harbiy harakatlari va harbiy mahoratiga alohida urg‘u berdilar. Shuningdek, tadbirda sohibqironning obodonchilik yo‘lida yaratgan bog‘lari, qurdirgan inshootlari, kanallari va ko‘priklari tilga olindi.
Tadbir doirasida Milliy kutubxonaning kino markazida Amir Temur hayotiga bag‘ishlangan “Buyuk Amir Temur” va “Temur tuzuklari” xujjatli film namoyish etildi, “Tafakkur” o‘qish zalida esa “Adolat va qudrat timsoli” deb nomlangan kitob-rasmli ko‘rgazma foydalanuvchilar hukmiga havola etildi. Ko‘rgazmadan Amur Temurning turli yillardagi yubileylariga bag‘ishlab chop etilgan, uning hayotiy yo‘lini, harbiy san’at usullari hamda davlatchilik qonunlariga aloqdor kitoblar, rasmlar va jurnallar o‘rin olgan.
“Jahon” AA