O‘zbekiston Milliy kutubxonasida ingliz tili 1-bosqichi o‘quvchilarning bitiruv keschasi
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi qoshida faoliyat yuritayotgan chet tillarni rivojlantirish va targ‘ib etish markazi - «Your school»ning ingliz tili 1-bosqichi o‘quvchilarning bitiruv keschasi bo‘lib o‘tdi, deya xabar beradi kutubxona matbuot xizmati.
Markaz rahbari Miraxmad Rixsiboev o‘quvchilar va o‘qituvchilarni 1-bosqich yakuni bilan muborak etar ekan, grammatika, yozish va o‘qish imtihonlarida ijobiy ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan o‘quvchilarni va fidoyiligi bilan ajralgan o‘qituvchilarni alohida tilga oldi. Shuningdek, u yoshlarning qiziqishlarini e’tiborga olgan holda Markazda Toshkent davlat sharqshunoslik instituti bilan hamkorlikda ochilishi rejalashtirilayotgan xitoy va yapon tillari yo‘nalishlari haqida ma’lumot berdi.
Yosh o‘qituvchilar esa o‘z kasbiy sifatlari va pedagogik yondashuvlaridan kelib chiqib chet tillarni rivojlantirish va targ‘ib etish «Your school» Markazi tomonidan turli sertifikatlar bilan taqdirlandilar. Munosib taqdirlangan o‘qituvchilar o‘z navbatida rahbariyat va o‘z o‘quvchilariga minnatdorchilik bildirish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. O‘quvchilar esa o‘z ingliz tili kurslarida egallagan bilimlarini she’r va qo‘shiqlar orqali namoyish etdilar.
O‘zbekiston Milliy kutubxonasi «Your school» Markazining ingliz tili 1-bosqichida o‘qish 3 oy davom etdi. Ta’lim 3 etapda (Beginner; Elementary; Pre-Intermediate) amalga oshirildi. Yanvar oyida o‘qishga qabul qilingan 100 ta o‘quvchidan 82tasi imtihonlardan muvafaqiyatli o‘tdi.
Bitiruv kechasida o‘quvchilarga imtihon natijalari e’lon qilingach o‘quvchilar va o‘qituvchilar uchun bayram dasturxoni tashkil etildi.
“Jahon” AA