O’ZBEKISTON MILLIY TERMA JAMOASI AVSTRIYADA O’QUV-MASHG’ULOTLARINI O’TKAZMOQDA
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

2018 yil Rossiyada bo’lib o’tadigan Jahon chempionati saralashining uchinchi bosqichiga tayyorgarlik ko’rayotgan O’zbekiston milliy terma jamoasi navbatdagi o’quv-mashg’ulotlarini Avstriyada o’tkazmoqda.
Ushbu o’quv-mashg’ulot yig’ini doirasida Samvel Babayan boshchiligidagi jamoa “Borussiya Dortmund” klubining 23 yoshgacha bo’lgan futbolchichlaridan tashkil topgan jamoasiga qarshi o’rtoqlik uchrashuvida maydonga tushib, durang natija qayd etdi.
17 iyul kuni bo’lib o’tgan o’yinda O’zbekiston milliy terma jamoasi kiritgan yagona golga Eldor Shomurodov mualliflik qildi. Germaniyaliklar ham bir bora Nesterov qo’riqlagan darvozani ishg’ol qildi. Hisob 1:1 bo’lib turgan bir vaqtda, Jamshid Iskanderov 11 metrlik jarima to’pini golga aylantira olmadi.
Eslatib o’tamiz, O’zbekiston milliy terma jamoasining Avstriyadagi yig’ini 6 iyul kuni boshlangan va u 21 iyulga qadar davom etadi.
Ta’kidlash kerakki, ayni vaqtda O’zbekiston milliy terma jamoasining JCH-2018 uchinchi saralash bosqichi oldidan Iroq hamda Yaman terma jamoalariga qarshi o’rtoqlik uchrashuvlari o’tkazish borasida kelishuvi bor. Iroq bilan o’tkaziladigan nazorat uchrashuvi 24 iyul kuni, Toshketdagi “Bunyodkor” stadionida bo’lib o’tishi ko’zda tutilgan.
Yamanga qarshi kechadigan nazorat o’yini esa 24 avgustga belgilangan. Ushbu o’yin ham “Bunyodkor” stadionida bo’lib o’tadi. Har ikki ucharshuv Toshkent vaqti bilan 19:00da boshlanadi.
O’rtoqlik uchrashuvi
17.07.2016, Avstriya.
O’zbekiston – “Borussiya Dortmund” U-23 1:1
O’zbekiston: Ignatiy Nesterov (Eldor Suyunov), Stanislav Andreyev (Aleksandr Merzlyakov), Azim Ahmedov, Kamoliddin Tojiyev (Ruslan Melzitdinov), Davron Xoshimov (Akmal Shorahmedov), Salamat Qutiboyev (Javohir Sohibov), Otabek Shukurov, Jasur Hasanov (Akrom Komilov), Marat Bikmayev (Sherzod Karimov), Jamshid Iskanderov (Doston Hamdamov), Eldor Shomurodov (Murodbek Bobojonov).
UZREPORT