"O’ZBEKISTON - MINTAQA XAVFSIZLIGI VA BARQARORLIGINING HIMOYACHISI”
Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28
Ilgari xabar berilganidek, xorijiy mamlakatlarning ijtimoiy-siyosiy, ishbilarmon, ekspert, madaniy-gumanitar va jamoatchilik doiralari vakillari tobora yaqinlashib kelayotgan O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining 24 yillik bayrami munosabati bilan mamlakatimiz xalqi va rahbariyati nomiga o’zlarining samimiy qutlovlarini yo’llashmoqda.
Tabriknomalarda xorijiy mamlakatlar vakillarining yurtimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, ular bergan samaralar haqidagi fikr-mulohazalari ham o’z aksini topgan.
Jumladan, Dehli universitetining yetakchi ta’lim muassasasi - Dayal Singx kolleji boshqaruvi kengashining raisi, mazkur universitet Sharqiy Osiyo tadqiqotlari fakulteti professori, Hindistonning O’zbekistondagi sobiq elchisi Skan Ranjan Tayal “Jahon” axborot agentligi muxbiriga quyidagilarni so’zlab berdi:
— O’zim uchun qadrdon va sevimli bo’lgan O’zbekiston xalqi hamda mamlakat rahbariyatini eng ulug’ va eng aziz bayram - Mustaqillikning 24 yilligi bilan qutlashimdan behad mamnunman.
O’zbekiston tarixan qisqa davr ichida tom ma’nodagi yangi, mustaqil davlatga aylandi. Mamlakatda barcha sohalarda erishilgan muvaffaqiyatlarning bosh negiziga - Prezident Islom Karimov tomonidan ishlab chiqilgan rivojlanishning “o’zbek modeli”ga bugungi kunda dunyoning qator davlatlari katta e’tibor bilan qarashmoqda, u jahondagi ko’pgina oliy ta’lim muassasalarida tadqiq qilinmoqda. Rivojlanishning bu modeli bugungi kunda O’zbekistonda o’zining ravon yo’liga tushib olgani bois so’nggi o’n yil ichida mamlakatning iqtisodiy o’sishi hajmi barqaror ravishda yiliga 8 foizdan ziyod ko’rsatkichni tashkil etmoqda.
Shu bilan birga, O’zbekistonda mamlakat rahbari tashabbusi bilan har yilning xalq ezgu intilishlarini ifoda etadigan, jamiyat rivojiga xizmat qiladigan aniq bir ijtimoiy sohaga yo’naltirilishi va maxsus davlat dasturi qabul qilingani holda keng ko’lamli tadbirlar amalga oshirilishi an’anaga aylangani ham diqqatga molikdir. Bugungi kunda bu tajriba boshqa mamlakatlarda ham qo’llanilayotganini alohida ta’kidlashni istar edim.
Xususan, O’zbekistonda 2015 yil “Keksalarni e’zozlash yili”, deb e’lon qilingani, bu yo’nalishda qabul qilingan maxsus davlat dasturi doirasida hayotga tadbiq etilayotgan turli ijobiy tadbirlar ham mamlakatda har bir ijtimoiy qatlamning alohida diqqat-e’tiborda turishidan dalolat beradi.
Shu bilan birga, O’zbekistonda yuritilayotgan oqilona ichki va tashqi siyosat dunyo ekspert-tahlil doiralari vakillari tomonidan munosib baholanayotganini ham alohida qayd etish zarur, deb o’ylayman.
Ma’lumki, mintaqa hamda butun dunyo xavfsizligi va barqarorligini ta’minlash siyosati O’zbekistonning jahon mamlakatlari bilan ikki tomonlama va xalqaro tashkilotlar doirasidagi o’zaro munosabatlarida asosiy masalalardan biri bo’lib kelmoqda. Jumladan, mamlakatingizning Shanxay Hamkorlik Tashkiloti a’zosi sifatidagi sa’y-harakatlari ham alohida e’tiborga sazovordir. Fikrimcha, O’zbekiston - mintaqa xavfsizligi va barqarorligining himoyachisi, deya baralla aytish mumkin.
2014 yil dekabr oyida O’zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga bo’lib o’tgan saylovlarda xalqaro kuzatuvchi sifatida ishtirok etdim. Xorazm viloyatidagi qator saylov uchastkalarida bo’lganimda turli kasb egalari, jumladan, yoshlar bilan suhbatlashdim. Ularning jo’shqinligi, kelajakka ishonch bilan qarashidan ta’sirlandim.
O’zbekiston bundan keyin ham muvaffaqiyatlari bilan o’zini namoyon etaverishiga, o’zbek va hind xalqlari o’rtasidagi asriy do’stona munosabatlar yanada mustahkamlanib borishiga ishonchim komil.
«Jahon» AA, Dehli