Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

“O’ZBEKISTON MUSTAQIL TARAQQIYOTNING 25 YILI MOBAYNIDA ULKAN MUVAFFAQIYATLARGA ERISHDI”

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
“O'ZBEKISTON MUSTAQIL TARAQQIYOTNING 25 YILI MOBAYNIDA ULKAN MUVAFFAQIYATLARGA ERISHDI”

Xalqimizning tom ma’nodagi eng muhim va eng qutlug’ bayrami - O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 25 yillik sanasi tobora yaqinlashib kelmoqda.

Ilgari xabar berilganidek, ushbu muhim ayyom munosabati bilan xorijiy davlatlarning Toshkentda akkreditatsiyadan o’tgan diplomatiya missiyalari rahbarlari respublikamiz bosib o’tgan yo’l xususidagi o’z fikrlarini “Jahon” axborot agentligi muxbirlari bilan o’rtoqlashmoqdalar. Quyida Saudiya Arabistoni Podshohligining O’zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi Abdurahmon bin Abdulloh ash-Shayaning o’zbek xalqiga izhor etgan samimiy tilaklari hamda respublikamiz mustaqil rivojlanish yillari davomida amalga oshirishga muvaffaq bo’lgan ishlar yuzasidan bildirgan mulohazalari o’z aksini topgan.

— O’zbekiston Respublikasi mustaqil taraqqiyotning 25 yili mobaynida ulkan muvaffaqiyatlarga erishdi. Mamlakatingizda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov rahbarligida o’zbek xalqi hayotining barcha sohalarida, xususan, demokratik huquqiy davlatni qurish yo’lida keng ko’lamli islohotlar hayotga tadbiq etildi. O’zbekiston mamlakatda qonun ustuvorligi va qonun oldida barcha fuqarolar tengligini ta’minlashga muvaffaq bo’ldi, insonning huquq va erkinliklari kafolatlandi. Boshqa tomondan, fuqarolar hayotida, umuman, mamlakatda fuqarolik jamiyati tashkilotlarining o’rni va ahamiyati yuksaldi. Shuni ta’kidlash joizki, keyingi 5 yil davomida O’zbekistondagi nodavlat va notijorat tashkilotlari soni 60 foizga ko’payib, 8400 dan oshib ketdi.

Hozirgi kunda O’zbekiston iqtisodiy rivojlanish borasida ulkan marralarga erishayotgan dunyoning sanoqli mamlakatlaridan biri hisoblanadi. So’nggi 11 yil mobaynida yalpi ichki mahsulotning o’sishi 8 foizdan yuqori darajadagi ko’rsatkichlarni tashkil qilmoqda. Shubha yo’qki, O’zbekiston bu muvaffaqiyatlarga keng ko’lamli iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish hamda O’zbekiston rahbari tomonidan ishlab chiqilgan taraqqiyotning “o’zbek modeli” va uning besh tamoyilini hayotga izchil tadbiq etish orqali erishmoqda.

Yaqinda O’zbekiston Respublikasini joriy yilning birinchi choragida ijtimoiy - iktisodiy rivojlantirish yakunlari e’lon qilindi. Iqtisodiyotdagi tarkibiy o’zgarishlar, mamlakatni modernizatsiya qilishni chuqurlashtirish, makroiqtisodiy mutanosiblikni ta’minlash, iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish va eksport korxonalarini qo’llab-quvvatlash, muhandislik-kommunikatsiya va yo’l-transport infratuzilmasini yanada rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish, xususiy mulk, tadbirkorlik va kichik biznesni jadal rivojlantirish, ularning manfaatlarini himoya qilish, iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, qishloq xo’jaligini yanada taraqqiy toptirish yo’lida keng ko’lamli islohotlar amalga oshirilayotganining shohidi bo’lib turibmiz.

O’zbekiston rahbariyati bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida fuqarolarni ijtimoiy jihatdan himoya qilishga alohida e’tibor qaratdi. Bunda islohotlarning ham ijtimoiy, ham iqtisodiy tomondan samarador bo’lishi nazarda tutildi.

O’zbekiston har yili muayyan ijtimoiy sohaga alohida e’tibor qaratishi an’anaga aylangan. O’zbekiston Prezidenti tashabbusi bilan 2016-yil mamlakatda “Sog’lom ona va bola yili”, deb e’lon qilindi. Bu yo’nalishda ishlab chiqilgan Davlat dasturi muvaffaqiyat bilan hayotga tadbiq etilmoqda. Ushbu dastur ijrosi doirasida oila, onalik va bolalikni himoya qilish, barkamol avlodni tarbiyalash, mustahkam va sog’lom oilani shakllantirish yo’lida davlat hokimiyati organlari va ijtimoiy tashkilotlar o’rtasida hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan qator huquqiy-me’yoriy hujjatlar ham ishlab chiqildi. Shu nuqtai nazardan, mamlakat rahbariyatining ona va bola salomatligini ta’minlash, jamiyatning muhim bo’g’ini bo’lgan oila institutini yanada mustahkamlash, ta’lim va sog’liqni saqlash sohalarini rivojlantirish borasida amalga oshirayotgan ishlari yuqori bahoga sazovordir.

Men O’zbekistonda besh yildan buyon faoliyat olib bormoqdaman. O’tgan yillar davomida go’zal mamlakatingizda tinchlik va osoyishtalik hukm surayotganiga, 130 dan ziyod millat va elatlar, 16 diniy konfessiya vakillari o’zaro ahil va birdamlikda yashayotganining guvohi bo’lib turibman. Mamlakatingiz Konstitutsiyasi O’zbekistonda yashovchi barcha millat va elatlar vakillarining tillari, odat va an’analari hurmat qilinishining kafolati hisoblanadi. Ayrim mamlakatlarda ayanchli voqyealar ro’y berib turgan bir paytda O’zbekistonda hukm surayotgan barqaror tinchlik muhiti naqadar qadrli va bebaho ne’mat ekanligini yodimizga soladi.

O’zbekiston o’z mustaqilligining dastlabki kunlaridanoq davlatlar tengligi, kuch ishlatmaslik, nizolarni tinch yo’l bilan hal etish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik tamoyillaridan kelib chiqqan holda tinchliksevar siyosat yuritib kelmoqda.

Biz O’zbekiston Respublikasining mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni rivojlantirishdagi rolini mamlakatingizning Shanxay Hamkorlik Tashkiloti va Islom hamkorlik tashkilotiga raisligi orqali ham ko’rayapmiz. O’zbekistonda amalga oshirayotgan samarali islohotlar hamda olib borilayotgan oqilona tashqi siyosat tufayli mamlakatingizning dunyo va mintaqadagi obro’-e’tibori tobora mustahkamlanmoqda.

O’zbekiston va Saudiya Arabistoni Podshohligi o’rtasidagi aloqalarning ildizlari uzoq asrlarga borib taqaladi. Saudiya Arabistoni Podshohligi O’zbekiston Respublikasi mustaqilligini birinchilar qatorida, 1991-yilning 30-dekabrida e’tirof etgan. 1992-yilning 20-fevralida esa mamlakatlarimiz o’rtasida Diplomatik aloqalar to’g’risidagi anglashuv memorandumi imzolangan. Hozirgi vaqtda ikki mamlakat o’rtasidagi munosabatlar Ikki muqaddas masjid xodimi, Saudiya Arabistoni Podshohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saud a’lo hazratlari va O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Janobi oliylarining qimmatli ko’rsatmalari asosida barcha sohalarda rivojlanib bormoqda. O’zaro munosabatlarimizni turli sohalarda rivojlantirish va mustahkamlashning katta imkoniyatlari bor. Hali ulardan to’laligicha foydalanilmagan jihatlar ham mavjuddir. Bugungi bosqichda Saudiya Arabistoni taraqqiyot jamg’armasi va ikki mamlakat Adliya vazirliklari, shuningdek, Islom hamkorlik tashkiloti kabi xalqaro tashkilotlar doirasida faol hamkorlik davom etajagiga ishonamiz.

O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining 25 yilligi munosabati bilan o’zbek xalqiga faqat ezguliklar, taraqqiyot va farovonlik, yurtingiz fuqarolariga doimiy tinchlik, osoyishtalik, barqarorlik va yurtingiz osmoni doimo musaffo bo’lishini tilab qolaman.

“Jahon” AA