O’ZBEKISTON MUSTAQILLIGI KUNI TALLINDA NISHONLANDI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Estoniya poytaxtida O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 24 yilligiga hamda ushbu mamlakatda faoliyat ko’rsatayotgan «SAFAR» o’zbek madaniyat markazi tuzilganining 25 yilligiga bag’ishlangan brifing bo’lib o’tdi.
Tadbirda Estoniya Madaniyat vazirligi vakillari, Estoniya va Litvadagi milliy markazlarning rahbarlari, o’zbek diasporasi a’zolari hamda jurnalistlar ishtirok etdilar.
Brifing chog’ida uning qatnashchilari O’zbekistonda mustaqil taraqqiyot yillari davomida qo’lga kiritilgan muvaffaqiyatlar hamda ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish ko’rsatkichlari bilan yaqindan tanishdilar. Shu o’rinda mamlakatimizda hayotga tadbiq etilgan keng ko’lamli islohotlar bergan natijalar xalqaro hamjamiyat tomonidan o’z e’tirofini topgani alohida qayd etildi. O’zbekiston iqtisodiyotining o’sishi, sanoat, qishloq xo’jaligi, oziq-ovqat sohasi, kichik biznes va xususiy talbirkorlik, bank-moliya jabhasi, shuningdek, amalga oshirilayotgan kuchli ijtimoiy siyosat haqida atroflicha fikr almashildi.
Davra suhbati intihosida uning ayrim ishtirokchilari «Jahon» axborot agentligiga intervyu berishga bajonudil rozi bo’ldilar.
Lola Sohibnazarova, Estoniyadagi o’zbek madaniyat markazining raisi:
— Bizning «SAFAR» o’zbek madaniyat markazimiz 1990-yil dekabr oyida tuzilgan. Shunisi quvonarliki, biz bu yil O’zbekiston Mustaqilligining 24 yilligini hamda markazimizning 25 yillik yubileyini nishonlamoqdamiz. Biz olgan tarbiyamiz, boy an’ana va urf-odatlarimiz va eng qadrli xotiralarimiz uchun ona-Vatanimizdan minnatdormiz. Qalblarimizda saqlanib turgan sevimli O’zbekiston haqidagi iliqlik va muhabbatni biz o’z farzandlarimizga, nabiralarimizga yetkazamiz.
Mustaqilligimiz xalqimiz uchun milliy davlatchilikni va o’zlikni, o’z huquq va qadriyatlarimiz, urf-odat va an’analarimizni, muqaddas dinimizni qayta tiklash, buyuk ajdodlarimizning ulug’ nomlarini sharaflash, sog’lom va har tomonlama barkamol rivojlangan avlodni tarbiyalash uchun cheksiz imkoniyatlar eshigini ochib berdi.
Laylo O’rmonova, Litvadagi o’zbek madaniyat markazining rahbari:
— O’zbekistonda tinchlik va xotirjamlik, millatlararo va fuqarolararo hamjihatlikning hukm surayotgani, barcha davlatlar bilan do’stona va o’zaro manfaatli hamkorlikning rivojlanib borayotgani tinchliksevar va ezgulikka yo’g’rilgan siyosatning ko’rsatkichi hisoblanadi.
Juda ham quvonarliki, samimiy va oqko’ngil xalqqa ega bo’lgan Vatanimiz xorijiy ellarda hamisha iliqlik bilan, mehmondo’st mamlakat sifatida tilga olinadi. Litvada doimo o’zbek xalqiga nisbatan katta hurmat bilan munosabatda bo’lishgan.
Ushbu qutlug’ bayram kunlarida O’zbekistonning barcha aholisini mamlakatimiz Mustaqilligining 24 yilligi bilan chin qalbimdan tabriklayman. Yurtdoshlarimga eng ezgu tilaklarimni yo’llayman.
«Jahon» AA, Tallin