«O’ZBEKISTON MUVAFFAQIYATLARI - OQILONA BOSHQARUV VA IJTIMOIY-IQTISODIY TIZIMLAR XO’JALIGINI YURITISHNING NAMUNASI»
Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28
Xalqimiz mamlakatimiz mustaqilligi bayramining 24 yilligini nishonlashga qizg’in hozirlik ko’rayotgan kezlarda Latviya Seymining deputati Ivan Ro‘bakov «Jahon» axborot agentligi uchun intervyu berar ekan, O’zbekistonning taraqqiyoti yuzasidan o’z fikr-mulohazalarini o’rtoqlashdi.
— Eng avvalo, O’zbekiston davlat mustaqilligining 24 yilligi arafasida Latviya Respublikasi parlamenti bilan samarali hamkorlik uchun o’zbek hamkorlarimizga o’zimning samimiy minnatdorligimni izhor etishni istar edim.
Birgalikda ish olib borishimiz davomida O’zbekiston qo’lga kiritayotgan muvaffaqiyatlarni katta qiziqish bilan kuzatib kelmoqdaman. Ular menga ilhom baxsh etadi, shu bois O’zbekiston erishgan zafarlarni mamlakatni yanada taraqqiy toptirish yo’lidagi oqilona boshqaruv va ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar xo’jaligini yuritishning namunasi sifatida tilga olaman.
Jamiyatning noyob va betakror a’zosi sifatida har bir insonga sidqidil g’amxo’rlik ko’rsatish O’zbekiston ijtimoiy siyosatida alohida o’rin tutadi. Respublika rahbariyati tomonidan keksalarga ham, yoshlarga ham birdek e’tibor ko’rsatilishi ular o’rtasidagi aloqalarning mustahkamligidan, ma’naviy qadriyatlar avaylab asralishi va kelajak avlodlarga meros bo’lib qolajagidan dalolat beradi.
O’zbekistonda xalqning salomatligi, ish bilan bandligi, uning uy-joyi va ta’lim-tarbiyadan bahramand bo’lishi yuzasidan doimiy g’amxo’rlik mavjud. Shuning uchun ham mamlakatda tinchlik va hamjihatlik hukmrondir. Bu, ayniqsa, zamonamizga umumbashariy xavf-xatarlar tahdid solib turgan hozirgi notinch davrda juda katta e’tiborga molik bo’lgan voqyelikdir.
Ushbu fursatdan foydalanib, o’zbek xalqini yaqinlashib kelayotgan qutlug’ Mustaqillik bayrami bilan tabriklar ekanman, yanada kata taraqqiyot va farovonlik tilayman. Mamlakatlarimiz o’rtasidagi hamkorlik munosabatlari yanada ravnaq topishiga umid qilaman.
«Jahon» AA, Riga