O’ZBEKISTON “NATIONAL GEOGRAPHIC” JURNALINING UMUMJAHON REYTINGIDA OLTINCHI O’RINNI EGALLADI
Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28
Mamlakatimiz nufuzli “National Geographic” tarmoq jurnalining mashhur o’n sayyohlik yo’nalishi o’rtasida faxriy oltinchi o’rinni band etdi.
1888 yildan buyon chop etiladigan mazkur nashrning qayd etishicha, O’zbekiston sayohatchilar uchun mutlaqo xavfsiz mamlakat va afsonaviy Ipak yo’lining markazi hisoblanadi.
Asosiy tarixiy markazlar va hamisha navqiron shaharlar haqida yozar ekan, jurnal sayyohlarga o’zbek xalqining noyob milliy oshxonasi taomlaridan bahramand bo’lishni ham tavsiya etgan. Shu o’rinda Amerikaning mazkur nashri mashhur o’zbek milliy taomi - palovga alohida e’tibor qaratgan.
Eslatib o’tamiz: yaqinda Britaniyaning “The Telegraph” nashri ham sayyohlarning O’zbekistonga borishi zarurligini taqozo etadigan 11 ta sababni o’z sahifasida chop etgan edi.
“Jahon” AA