O’ZBEKISTON OLIMIPIYA TERMA JAMOASI OSIYO CHEMPIONATIDA O’YNAYDI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

O’zbekiston Olimpiya terma jamoasi kelasi yilning yanvar oyida Qatarda bo’lib o’tadigan U-23 yoshlar o’rtasidagi Osiyo Chempionati final bosqichida ishtirok etadi, deya xabar beradi O’zbekiston Futbol federatsiyasi matbuot xizmati.
Bugun Osiyo Chempionati saralash «B» guruhi o’yinlari so’nggi tur bahslari bo’lib o’tdi. Neytral mamlakat - BAA mezbonlik qilgan «B» guruhi bahslarida peshqadamlik qilayotgan Iordaniya terma jamoasi saralashning so’nggi turida Kuvayt bilan 3:3 hisobida durang o’ynadi. Ushbu natijadan so’ng Iordaniya 7 ochko bilan guruhda birinchi o’rinni qo’lga kiritdi va OCH yo’llanmasini qo’lga kiritdi. Kuvayt olimpiya terma jamoasi 4 ochko bilan guruh bahslarini yakunladi.
Shu tariqa, saralashning «E» guruhida ishtirok etgan O’zbekiston olimpiya terma jamoasi 6 ochko bilan guruhlarda ikkinchi o’rinni qo’lga kiritgan terma jamoalar ichida Kuvayt terma jamoasidan yaxshiroq ko’rsatgichga erishdi va Osiyo Chempionatiga yo’llanma oldi.
Eslatib o’tamiz, O’zbekiston olimpiya terma jamoasi Bangladeshda bo’lib o’tgan Osiyo Chempionati saralash bahslarida Suriya, Hindiston va Bangladesh olimpiya terma jamoalariga qarshi bahs olib borgan va ushbu guruhda 6 ochko bilan ikkinchi o’rinni qo’lga kiritgan edi. Musobaqa reglamentiga ko’ra, 10 saralash guruhi g’oliblari va barcha guruhlarda eng yaxshi natijaga erishgan 5ta ikkinchi o’rinni qayd etgan jamoalar OCH final bosqichiga yo’l oladi.
“Jahon” AA