O’ZBEKISTON OLIMPIYA TERMA JAMOASI SLOVAKIYADAGI XALQARO TURNIRDA ISHTIROK ETADI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

2016 yilning yanvar oyida Qatarda bo’lib o’tadigan 23 yoshgacha bo’lgan futbolchilar o’rtasidagi Osiyo chempionatiga tayyorgarlik ko’rayotgan O’zbekiston olimpiya terma jamoasi o’rtoqlik turnirida ishtirok etadigan bo’ldi deb xabar beradi O’zbekiston Futbol federatsiyasi.
Viktor Jalilov boshchiligidagi jamoa 27 avgustda Slovakiyaga yo’l oladi. U yerda olimpiyachilar xalqaro o’rtoqlik turniri doirasida Slovakiya, Saudiya Arabistoni, Iordaniya hamda Birlashgan Arab Amirliklari olimpiya terma jamoalariga qarshi maydonga tushadi.
Ta’kidlash kerakki, Osiyo Chempionati U-23 final bosqichi uchun qur’a tashlash marosimi sentyabr oyida bo’lib o’tadi.
"Jahon" AA