Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

O’ZBEKISTON OMBUDSMANI TURKIYADA BO’LIB O’TGAN XALQARO SIMPOZIUMDA ISHTIROK ETDI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
O'ZBEKISTON OMBUDSMANI TURKIYADA BO'LIB O'TGAN XALQARO SIMPOZIUMDA ISHTIROK ETDI

Yaqinda Anqarada Ombudsman institutlari Xalqaro IV simpoziumi bo’lib o’tdi. Turkiya tomonining taklifiga binoan, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo’yicha vakili (Ombudsman) Ulug’bek Muhammadiyev ushbu tadbirda qatnashdi.

Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdo’g’on tomonidan ochilgan mazkur anjuman ishida dunyoning 50 mamlakatidan 35 nafar ombudsman ishtirok etdi. Ular inson huquqlari ta’minlanishining dolzarb masalalari yuzasidan o’zaro fikr almashdilar.

Simpozium doirasida O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo’yicha vakilining turkiyalik hamkasbi – mamlakat ombudsmanlari Qo’mitasi rahbari Sh.Malkoch bilan uchrashuvi bo’lib o’tdi.

Tomonlar O’zbekiston va Turkiya Inson huquqlari bo’yicha vakillari o’rtasida hamkorlik aloqalarini yo’lga qo’yish yuzasidan yakdil fikr bildirdilar. Bu har ikki mamlakat manfaatlariga javob bergani barobarida ikki tomonlama munosabatlarni sifat jihatdan yangi darajaga olib chiqishga xizmat qilishi qayd etildi.

U. Muhammadiyev Sh.Malkochni inson huquqlari ta’minlanishi borasida O’zbekistonda ro’y berayotgan keng ko’lamli o’zgarishlar bilan tanishtirdi. Shu o’rinda 2017 yil mamlakatimizda “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”, deb e’lon qilingani alohida qayd etildi. Ta’kidlanganidek, mamlakatimiz Prezidenti tomonidan tasdiqlangan 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasida fuqarolik jamiyati institutlarini yanada mustahkamlash ustuvor yo’nalishlardan biri sifatida belgilangan.

Turkiya Ombudsmani O’zbekistonda ko’pgina sohalarda ro’y berayotgan islohotlarga, jumladan, inson huquqlari va manfaatlarini ta’minlash borasida ko’rilayotgan chora-tadbirlarga yuqori baho berdi.

— Shunisi quvonarliki, respublika qo’lga kiritilgan muvaffaqiyatlar bilan cheklanib qolmasdan, o’zgarishlarni yanada chuqurlashtirayotgani barqaror rivojlanishni ta’minlayotgan muhim omillardan biri hisoblanadi, - dedi u.

Shuningdek, Sh.Malkoch O’zbekiston Respublikasi Inson huquqlari bo’yicha vakillik instituti bilan yaqin hamkorlikni yo’lga qo’yishga tayyor ekanligini bildirar ekan, Turkiya O’zbekistonga Markaziy Osiyodagi eng muhim sheriklaridan biri sifatida qarashini qayd etdi. Uning fikr bildirishicha, Anqara mamlakatlarimiz o’rtasida o’rnatilgan samarali hamkorlikni yuqori baholagani barobarida o’zaro aloqalar yanada rivojlanishi va mustahkamlanishidan manfaatdordir.

“Jahon” AA, Anqara