Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

O‘ZBEKISTON PARALIMPIYACHILARI BRAZILIYAGA JO‘NAB KETDI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
O‘ZBEKISTON PARALIMPIYACHILARI BRAZILIYAGA JO‘NAB KETDI

O‘zbekiston sport delegatsiyasi XV Paralimpiya o‘yinlarida ishtirok etish uchun 30-avgust kuni Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahriga jo‘nab ketdi.

Toshkent xalqaro aeroportida paralimpiyachilarimizni kuzatish marosimi bo‘lib o‘tdi. Shu munosabat bilan bu yerga davlat va jamoat tashkilotlari, sport jamoatchiligi vakillari va ommaviy axborot vositalari xodimlari yig‘ildi.

Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish jarayonida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari, nogiron va jismoniy imkoniyati cheklangan yoshlarning ham bilim olishi, salomatligini mustahkamlashi, o‘z qiziqishi va intilishiga ko‘ra kasb-hunar egallashi, sport bilan shug‘ullanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratilayotgani ta’kidlandi.

Bunday yuksak e’tibor va g‘amxo‘rlik samarasida voyaga yetgan paralimpiyachilarimizdan 32 nafari Rio-de-Janeyro shahrida o‘tadigan XV Paralimpiya o‘yinlarida sportning dzyudo, suzish, yengil atletika, o‘q otish va pauerlifting turlari bo‘yicha 58 yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Paralimpiya o‘yinlari – nogiron va jismoniy imkoniyati cheklangan sportchilarning eng yirik xalqaro sport anjumanidir.

Davlatimiz rahbarining 2013-yil 25-fevraldagi “O‘zbekiston sportchilarini 2016-yilda Rio-de-Janeyro shahrida (Braziliya) bo‘lib o‘tadigan XXXI yozgi Olimpiya va XV Paralimpiya o‘yinlariga tayyorlash to‘g‘risida”gi qarori asosida yurtimiz paralimpiyachilari ham mazkur musobaqaga puxta tayyorgarlik ko‘rdi. Sportchilarimizning zamonaviy me’yorlar asosida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini o‘tkazishi, tajriba va mahoratini oshirishi, Paralimpiya o‘yinlariga yo‘llanma beradigan nufuzli musobaqalarga tayyorlanishi va ularda munosib qatnashishi uchun barcha shart-sharoit yaratildi.

O‘tgan davr mobaynida paralimpiyachilarimiz jahon chempionatlari, xalqaro turnirlarda munosib ishtirok etdi. 2014-yili Janubiy Koreyaning Incheon shahrida o‘tgan Paraosiyo o‘yinlarida sportchilarimiz 22 oltin, 5 kumush va 4 bronza medalni qo‘lga kiritgani buning dalilidir.

Joriy yilning 7-18-sentabr kunlari Rio-de-Janeyro shahrida o‘tadigan XV Paralimpiya o‘yinlarida dunyoning 170 dan ziyod davlatidan to‘rt mingdan ortiq sportchi 23 sport turi bo‘yicha musobaqalarda medallar uchun kurashadi.

Prezidentimizning 2016-yil 12-iyuldagi O‘zbekiston Respublikasi sportchilarining 2016-yilda Rio-de-Janeyro shahrida (Braziliya) bo‘lib o‘tadigan XXXI yozgi Olimpiya va XV Paralimpiya o‘yinlariga tayyorgarligi va ishtiroki to‘g‘risidagi qarori paralimpiyachilarimizning to‘rt yillikning eng nufuzli musobaqasida munosib qatnashishini ta’minlashga xizmat qiladi.

– Yaqinda o‘tgan XXXI yozgi Olimpiya o‘yinlarida sportchilarimiz erishgan yuksak g‘alabalar bizni ham ruhlantirib yubordi, kuchimizga kuch qo‘shdi. Nasib qilsa, Paralimpiya o‘yinlarida men ham oltin medalga sazovor bo‘lib, Vatanimiz bayrog‘ini baland ko‘tarib, xalqimizning eng ulug‘, eng aziz bayrami – mustaqilligimizning 25-yilligiga munosib tuhfa hozirlayman, – deydi dzyudochi Sh.Xalilov.

– Paralimpiya o‘yinlarida suzishning beshta yo‘nalishi bo‘yicha bahslarda qatnashaman, – deydi Fotima Omilova. – Mazkur nufuzli musobaqaga har tomonlama puxta tayyorgarlik ko‘rdik. Mamlakatimizda biz, yoshlarning ta’lim-tarbiya olishimiz, sport bilan muntazam shug‘ullanishimiz uchun keng imkoniyatlar yaratilgan. Bu imkoniyatlardan oqilona foydalanib, Paralimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston yoshlarining irodasini, shijoatini, salohiyatini namoyon qilishga astoydil harakat qilamiz.

Engil atletikachi Mavlon Haydarov, suzuvchi Shohsanam Toshpo‘latova Prezidentimiz rahnamoligida sportni rivojlantirish, sportchilarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilayotgan doimiy e’tibor va g‘amxo‘rlik uchun minnatdorlik bildirib, Paralimpiya o‘yinlarida xalqimiz va Prezidentimizning ishonchini oqlashga, Vatanimiz mustaqilligining yigirma besh yillik bayramiga munosib sovg‘a bilan qaytishga va’da berdi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari M.Karimov so‘zga chiqdi.

O’zA