O‘ZBEKISTON-POLSHA SIYOSIY MASLAHATLASHUVLARIGA DOIR
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

2015-yilning 10-sentabr kuni Varshava shahrida O‘zbekiston va Polsha tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlarning 6-raundi bo‘lib o‘tdi.
Polsha delegatsiyasiga tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Konrad Pavlik boshchilik qildi.
Uchrashuvda davlatlararo sermahsul hamkorlik hozirgi kunda siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda qariyb 50 ta ikki tomonlama hujjatlarni o‘z ichiga olgan mustahkam shartnoma-huquqiy asosga hamda hamkorlikning mavjud qo‘shma mexanizmlariga asoslanganligi ta’kidlandi.
Muzokaralar davomida turli sohalarda o‘zaro manfaatli aloqalarni, jumladan O‘zbekiston va Polsha ishbilarmon doiralari o‘rtasidagi hamkorlikni, biznes-delegatsiyalarning o‘zaro tashriflarini hamda ikki davlat investitisiya salohiyatlariga bag‘ishlangan forum va taqdimotlar o‘tkazishni yanada qo‘llab-quvvatlashga ikkit tomon ham tayyor ekanligi bildirildi.
Maslahatlashuvlar davomida O‘zbekiston-Polsha kun tartibining boshqa masalalari ham ko‘rib chiqildi.
Uchrashuv yakunlari ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Polsha Respublikasi Hukumati o‘rtasida diplomatik pasport egalarining o‘zaro vizasiz safarlari to‘g‘risidagi Bitimni imzolash marosimi o‘tkazildi.