Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

O‘zbekiston Prezidenti "Air Products" bilan strategik sheriklikni rivojlantirish rejalarini muhokama qildi

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
O‘zbekiston Prezidenti "Air Products" bilan strategik sheriklikni rivojlantirish rejalarini muhokama qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Nyu-York shahriga amaliy tashrifining navbatdagi uchrashuvi "Air Products" kompaniyasi bosh ijrochi direktori Eduardo Menezes bilan bo‘ldi.

"Air Products" sanoat gazlarini ishlab chiqarish va yetkazib berishga ixtisoslashgan. Kompaniyaning bozor kapitallashuvi 63 milliard AQSH dollaridan ortiq. Har yili dunyoning 50 dan ortiq mamlakatida 200 million tonna sanoat gazlarini ishlab chiqaradi hamda 750 ga yaqin ishlab chiqarish ob’ektlarini boshqaradi.

O‘zbekistonda yuqori texnologik sanoat korxonalarini tashkil etishga faol sarmoya kiritayotgan yetakchi xalqaro kompaniyalardan biri bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirishning amaliy jihatlari ko‘rib chiqildi.

Ayni paytda kompaniyaning mamlakatimizga investitsiyalari 1 milliard dollardan oshdi. "GTL" zavodida sanoat gazlarini qayta ishlash, Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodida vodorod, "Navoiyzot"da suyuq karbonat angidrid ishlab chiqarish, Shokli muzlatish markazini tashkil etish kabi loyihalar amalga oshirildi.

Buxoroda gaz-kimyo majmuasini barpo etish, ko‘mirni gazlashtirish, ekologik toza aviatsiya yoqilg‘isi ishlab chiqarish loyihalarini jadallashtirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Uchrashuv yakunida kooperatsiya loyihalarini ilgari surish bo‘yicha "yo‘l xaritasi"ni qabul qilishga ahdlashib olindi.