Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

O‘zbekiston Prezidenti AQSH Prezidentining maxsus vakilini qabul qildi

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
O‘zbekiston Prezidenti AQSH Prezidentining maxsus vakilini qabul qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 22 sentyabr kuni BMT Bosh Assambleyasi 80-yubiley sessiyasi tadbirlari doirasida o‘zi uchun ajratilgan qarorgohda AQSH Prezidentining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Serjio Gorni qabul qildi.

Uchrashuv avvalida Serjio Gor AQSH Prezidenti Donald Trampning samimiy salomini yetkazdi.

Joriy yil 5 sentyabr kuni ikki mamlakat yetakchilarining telefon orqali muloqotida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish nuqtai nazaridan O‘zbekiston-AQSH strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Jadal siyosiy muloqot, turli darajadagi delegatsiyalar almashinuvi hamda ishbilarmonlik aloqalari sur’ati ortib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Shu kunlarda Nyu-York shahrida AQSHning yetakchi kompaniyalari bilan ko‘plab samarali uchrashuv va tadbirlar o‘tkazildi. Fuqaro aviatsiyasi, tog‘-kon sanoati, moliya va innovatsiyalar, kimyo, energetika va boshqa ustuvor yo‘nalishlarda umumiy qiymati 100 milliard dollardan ziyod bo‘lgan shartnomalar va istiqbolli loyihalar portfeli shakllantirildi.

Yangi loyihalarni qo‘llab-quvvatlash va ilgari surish uchun AQSH Eksimbanki va “DFC” jamg‘armasi imkoniyatlaridan foydalanish, ularni amalga oshirishni jadallashtirish uchun qo‘shma Muvofiqlashtiruvchi qo‘mita ta’sis etish muhimligi qayd etildi.

Xavfsizlik, terrorizm va noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish sohalaridagi hamkorlikka alohida e’tibor qaratildi.

Bo‘lajak tadbirlar rejasi ham ko‘rib chiqildi.