Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

O‘zbekiston Prezidenti: Bitiruvchilarni ish bilan taʼminlash va kasb-hunarga o‘rgatishga qaratilgan «Hayot maktabi» dasturi amalga oshiriladi

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
O‘zbekiston Prezidenti: Bitiruvchilarni ish bilan taʼminlash va kasb-hunarga o‘rgatishga qaratilgan «Hayot maktabi» dasturi amalga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun Namangan shahri Davlatobod tumanida joylashgan «Yangi O‘zbekiston yoshlar ziyo maskani» kutubxonasini borib ko‘rdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, bu majmua 2021 yil foydalanishga topshirilgan edi. Bugungi kunda 70 mingta kitob fondiga ega. Kutubxona jahondagi yirik elektron kutubxonalar tarmog‘iga ulangan. Bu orqali xorijiy adabiyotlardan ham erkin va bepul foydalanish mumkin.

Tashrif buyuruvchilar maxsus ID-karta oladi. Barcha jarayonlar elektron tarzda bajariladi.

Birinchi qavatda 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar hamda ko‘zi ojiz insonlarga mo‘ljallangan alohida o‘qish zali tashkil etilgan. Kichkintoylarning ijodiy tasavvurlarini boyitadigan jihozlar qo‘yilgan. Ikkinchi va uchinchi qavatlarda umumiy o‘quv zallari, yerto‘lada arxiv joylashgan. Shuningdek, bu yerda yoshlar axborot texnologiyalarini o‘rganishi mumkin.

Davlatimiz rahbari shu yerda namanganlik yoshlar bilan muloqot qildi.

- Namangan buyuk allomalar, usta tadbirkorlar yurti. Bugun ham yoshlar iqtisodiyot, sanʼat, sport sohalarida katta muvaffaqiyatlarga erishmoqda. Bularni eshitib, ko‘rib, xursand bo‘laman. Yoshlarimiz uchun yana-da ko‘proq imkoniyatlar tashkil qilishni o‘ylayman, - dedi Prezident.

Viloyatda yigit-qizlar uchun ko‘p dasturlar amalga oshirilmoqda. O‘tgan yili uyushmagan yoshlar o‘rtasida tadbirkorlikni rivojlantirish uchun 140 milliard so‘m mablag‘ berilib, 6 mingdan ziyod yosh o‘z yo‘lini topdi.

Shuningdek, 2,5 ming gektar ekin maydonlarini ajratish natijasida 20 ming yoshlar bandligi taʼminlandi. Qariyb 5 ming nafar sharoiti og‘ir yoshlarga kontrakt pullari to‘lab berildi.

Muloqotda bu imkoniyatlarni davom ettirishga qaratilgan loyihalar va tashabbuslar haqida so‘z bordi.

- Xabaringiz bor, bu yilni yurtimizda «Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili», deb eʼlon qildik. Maktabda ikkita xorijiy til va bitta kasb o‘rganish talabini qo‘ymoqdamiz. Mana bunday ziyo maskanlari, sport majmualari qurilyapti. Bularning hammasi birlashib, hayot maktabiga aylanishi kerak, - dedi davlatimiz rahbari.

Shu bois bitiruvchilarni ish bilan taʼminlash va kasb-hunarga o‘rgatishga qaratilgan «Hayot maktabi» dasturi amalga oshiriladi. Bu borada Namangan viloyati tajribasi yaratiladi.

Ilmiy izlanishlarni qo‘llab-quvvatlash, sportni ommalashtirish, ko‘ngilochar tadbirlar tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Shu bilan Prezident Shavkat Mirziyoyev vodiy viloyatlariga uch kunlik safarini yakunlab, Toshkent shahriga qaytib keldi.
“Dunyo” AA