O‘ZBEKISTON PREZIDENTI BMT INSON HUQUQLARI BO‘YICHA OLIY KOMISSARI BILAN UCHRASHDI
 Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili
						Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili
					 
				
					 
						 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori
					 
				
					 
						
						O’zbekistonning Investitsion Salohiyat
						O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori
					 
				
					 
						
						O’zbekistonning Investitsion Salohiyat
					 
				
					 
						 Uchrashuvlar
						Uchrashuvlar
					 
				
					 
						 XMT doirasidagi xamkorlik
						XMT doirasidagi xamkorlik 
					 
				
					 
						 BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari
						BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari
					 
				
					 
						 Press-relizlar
						Press-relizlar
					 
				
					 
						 Vakolatxona yangiliklari
						Vakolatxona yangiliklari
					 
				
					 
						 Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi
						Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi
					 
				
					 
						 O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni
						O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni
					 
				
					 
						 Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod
						Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod
					 
				
					 
						 Sayyohlik
						Sayyohlik
					 
				
					 
						 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni
						8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni
					 
				
					 
						 O’zbekiston matbuoti daydjestlari
						O’zbekiston matbuoti daydjestlari
					 
				
					 
						 2022 — 2026  ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА
						2022 — 2026  ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА
					 
				
					 
						 Конституциявий ислоҳотлар
						Конституциявий ислоҳотлар
					 
				
					 
						 Boshqa yangiliklar va voqealar
						Boshqa yangiliklar va voqealar
					 
				
				
					Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28
 
					2017-yil 19-sentabr kuni BMTning Nyu-York shahridagi bosh qarorgohida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari Zayd Raad al-Husayn bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Prezidentimiz O‘zbekiston fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish, chinakam demokratik huquqiy davlat barpo etishning qat’iy tarafdori ekanini ta’kidladi.
Shavkat Mirziyoyev 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi doirasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli o‘zgarishlarni qo‘llab-quvvatlayotgani uchun Oliy komissarga minnatdorlik bildirdi.
Oliy Komissar O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarni qo‘llab-quvvatlashini yana bir bor tasdiqladi hamda 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi keng ko‘lamli yangilanishlar uchun mustahkam asos bo‘layotganini qayd etdi.
Zayd Raad al-Husayn mamlakatimiz va Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissar boshqarmasi (IHOKB) o‘rtasidagi amaliy va ochiq muloqotni kengaytirish va mustahkamlashga yangi sur’at baxsh etgan 2017-yil may oyida O‘zbekistonga amalga oshirgan tashrifi yakunlarini yuksak baholadi. Iyun oyida parlament Boshqarma bilan hamkorlik bo‘yicha 90 dan ortiq tadbirdan iborat harakatlar rejasini qabul qildi. IHOKBning Bishkekdagi mintaqaviy ofisi bilan faol hamkorlik rivojlanmoqda. Sentabr oyi boshida ushbu ofis rahbari O‘zbekistonda bo‘ldi. Sentabr oyi oxirida BMTning din va e’tiqod erkinligi masalasi bo‘yicha maxsus ma’ruzachisi A.Shahidning O‘zbekistonga tashrif bilan kelishi rejalashtirilgan.
Zayd Raad al-Husayn Shavkat Mirziyoyevga 2017-yil 10-11-noyabr kunlari Samarqandda o‘tadigan Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqaror taraqqiyotning dolzarb muammolari bo‘yicha xalqaro anjumanda ishtirok etishga taklif qilgani uchun minnatdorlik bildirdi.
O‘zA
 
 
		 
				
					 
				
					 
				
					 
				
					 
				
					 
				
					 
				
					 
				
					 
				
			 
				 
  
 



















