O‘ZBEKISTON PREZIDENTI ISLOM KARIMOV KOREYA RESPUBLIKASIGA KELDI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Koreya Respublikasi Prezidenti Pak Kin Xening taklifiga binoan 27-may kuni davlat tashrifi bilan Koreya Respublikasiga keldi.
Janubiy Koreya protokoliga muvofiq O‘zbekiston Prezidenti sharafiga Seul aeroportida ikki mamlakatning davlat bayroqlari ko‘tarildi va faxriy qorovul saf tortdi. Rasmiy kutib olish marosimidan so‘ng O‘zbekiston delegatsiyasi o‘zi uchun ajratilgan qarorgohga yo‘l oldi.
Seul ko‘chalari O‘zbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasining davlat bayroqlari, oliy martabali mehmonni qutlovchi shior va bannerlar bilan bezatilgan.
Ushbu tashrif O‘zbekiston – Janubiy Koreyaning muntazamlik kasb etgan oliy darajadagi uchrashuvlari doirasida o‘tmoqda. Ular davlatlarimizning o‘zaro aloqalariga doir keng ko‘lamli masalalarni muhokama qilish, hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, dolzarb mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan fikr almashish imkonini bermoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat tashrifining asosiy tadbirlarini, jumladan, Koreya Respublikasi Prezidenti va boshqa rahbarlari bilan rasmiy muzokaralar, yetakchi kompaniyalar rahbarlari ishtirokidagi uchrashuvlarni 28-29-may kunlari o‘tkazish mo‘ljallangan.
Avval xabar qilinganidek, tashrif chog‘ida ikki davlat rahbarlarining qo‘shma deklaratsiyasi qabul qilinishi va o‘zaro munosabatlarni 2014-yilda imzolangan Strategik sheriklikni yanada rivojlantirish va chuqurlashtirish to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsiya ruhida mustahkamlashga qaratilgan bir qator hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.
O‘zA