O‘zbekiston Prezidenti JSTga a’zo bo‘lish jarayoni muvaffaqiyatli kechayotganini qayd etdi
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

BMT Bosh Assambleyasining 80-yubiley sessiyasi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Jahon savdo tashkiloti (JST) bosh direktori Ngozi Okonjo-Iveala bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Mamlakatimizning JSTga a’zo bo‘lishi borasidagi amaliy hamkorlikni mustahkamlashning dolzarb jihatlari ko‘rib chiqildi.
Ushbu xalqaro tashkilotga a’zo mamlakatlar bilan muzokaralar sur’ati mamnuniyat bilan qayd etildi.
JST me’yorlari va qoidalariga muvofiq milliy qonunchilikni, shu jumladan texnik jihatdan tartibga solish va oziq-ovqat xavfsizligi sohasidagi qonun hujjatlarini uyg‘unlashtirish bo‘yicha faol ishlar olib borilmoqda.
Joriy yil noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan Ishchi guruhning navbatdagi yig‘ilishi natijadorligini ta’minlash, shuningdek, 2026 yilda muzokaralar yakunlanishi va mamlakatimiz tashkilotga qo‘shilishi muhim ekani ta’kidlandi.