“O’ZBEKISTON PREZIDENTI KENG KO’LAMLI ISLOHOTLAR OLIB BORILISHINI E’LON QILDI”
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Malayziyaning News of Asia elektron nashrida ana shu sarlavha ostida maqola e’lon qilindi. Unda O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakat sog’liqni saqlash sohasining bir guruh yetakchi mutaxassislari hamda prokuratura organlari xodimlari bilan uchrashuvlari chog’ida e’tibor qaratilgan asosiy jihatlar o’z aksini topgan.
Maqolada jumladan, O’zbekiston rahbari mamlakat sog’liqni saqlash sohasining bir guruh yetakchi mutaxassislari bilan uchrashuvda mazkur tizimni yanada takomillashtirish zarurligini ta’kidlagani aytiladi. “Shu munosabat bilan Prezident Shavkat Mirziyoyev uchrashuv ishtirokchilari e’tiborini tibbiyot xodimlari mehnatini rag’batlantirish, davolashning zamonaviy texnologiya va usullarini keng joriy etishga alohida e’tibor qaratdi”.
Nashr o’z o’quvchilariga O’zbekistonda ilgari ham tibbiyot sohasini yaxshilash, ayniqsa, qishloq joylarida aholiga malakali xizmat ko’rsatish borasida muhim hujjatlar qabul qilingani haqida ma’lumot beradi. Shu bilan birga, 2016 yil 31 oktyabrda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholini dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlashni yanada yaxshilashga doir chora-tadbirlar to’g’risida”gi qarorining asosiy maqsadi va mazmuni, mazkur hujjat doirasida qabul qilingan amaliy chora-tadbirlar bilan tanishtiradi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning prokuratura organlari bilan uchrashuvi haqida to’xtalar ekan, News of Asia so’nggi davrda mazkur sohada muhim o’zgarishlar yuz berganini qayd etadi. “Prokuraturaning fuqarolar huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, qonun ustuvorligini ta’minlash, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida tutgan o’rni mustahkamlanib bormoqda. Shu yildan boshlab 8 yanvar O’zbekistonda Prokuratura organlari xodimlari kuni sifatida nishonlanadi”, deyiladi maqolada.
“Prezident Shavkat Mirziyoyev huquqni muhofaza qilish organlari tadbirkorlik faoliyatining tezkor rivojlanishi, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilish va ishbilarmonlik muhinini sifat jihatidan yaxshilash ishiga o’z hissasini qo’shishi lozimligini alohida ta’kidladi, - deb yozadi Malayziya nashri. - Shuningdek, mansabdor shaxslarning tadbirkorlik faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashishi va to’sqinlik qilishi, ularning faoliyatini asossiz to’xtatib qo’yishi holatlari uchun javobgarligi oshirildi. Bu esa prokuratura organlari zimmasiga huquqiy hujjatlarning aniq va to’la ijro etilishini nazorat qilish, huquqbuzarliklarning oldini olishdek muhim vazifalar mas’uliyatini yanada oshiradi”.
News of Asia muxbiri hozirgi kunda Oliy Majlis Senati tomonidan har yili Bosh prokurorning hisobоti eshitilishini qayd etadi. “Erishilgan yutuqlar bilan chegaralanib qolmasdan, O’zbekistonda 2017 yildan boshlab barcha darajadagi prokuratura va ichki ishlar organlari rahbarlarining aholi oldida hisobоt berish tizimi joriy etiladi. Bundan tashqari, viloyatlarda prokurorlarning ishiga qarab oylik reytingi tuzib boriladi”, deya yakunlanadi Malayziya nashri maqolasi.
“Jahon” AA, Kuala-Lumpur