O‘ZBEKISTON PREZIDENTI KOREYA RESPUBLIKASI MILLIY ASSAMBLEYASIDA BO‘LDI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasi Spikeri Chon Se Gyun bilan uchrashdi.
Spiker davlatimiz rahbarini qutlar ekan, Janubiy Koreya va O‘zbekiston o‘rtasidagi do‘stlik va strategik munosabatlarni yanada mustahkamlash keng ko‘lamli hamkorlikni kengaytirishda muhim o‘rin tutishini ta’kidladi.
Joriy yil 26-sentyabr kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan muzokaralarda parlamentlararo hamkorlikni rivojlantirish, mazkur yo‘nalishdagi aloqalarni yanada kengaytirish borasida muhim kelishuvlarga erishilgan edi. O‘sha uchrashuvning mantiqiy davomi bo‘lgan bugungi muzokaralar o‘zaro ishonch va samimiy ruhda o‘tdi.
Prezidentimiz Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasi faoliyati bilan tanishdi.