Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

O‘ZBEKISTON PREZIDENTI “LUKOYL” KOMPANIYASI RAHBARINI QABUL QILDI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
O‘ZBEKISTON PREZIDENTI “LUKOYL” KOMPANIYASI RAHBARINI QABUL QILDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 28-iyun kuni mamlakatimizga amaliy tashrif bilan kelgan Rossiyaning "Lukoyl" kompaniyasi prezidenti Vagit Alekperovni qabul qildi.

Davlatimiz rahbari mehmonni qutlar ekan, Rossiyaning neft-gaz sohasidagi ushbu kompaniyasi bilan samarali hamkorlik izchil rivojlanayotganini mamnuniyat bilan ta’kidladi.

Jahonning yetakchi neft-gaz korporatsiyalaridan biri bo‘lgan "Lukoyl" mamlakatimizda istiqbolli konlarni qidirish va o‘zlashtirish, uglevodorod xomashyosini chuqur qayta ishlash, tayyor mahsulotni ichki va tashqi bozorlarga sotish kabi qator yirik investitsiya loyihalarini muvaffaqiyatli amalga oshirmoqda.

Ayni paytda Ustyurt blokini geologik o‘rganish va Janubi-g‘arbiy Hisor neft-gazkondensat konini o‘zlashtirish ishlari hamkorlikda olib borilmoqda.

Qandim konlar guruhini tartibga keltirish va gazni qayta ishlaydigan zamonaviy majmuani barpo etish ishlari bajarilmoqda. Mazkur zavod yaqin istiqbolda yiliga 8 milliard kub metrdan ziyod tabiiy gazni qayta ishlab, xaridorgir gaz mahsulotlari ishlab chiqaradi.

Bundan tashqari "Havzak" va "Shodi" konlari o‘zlashtirilmoqda, Qo‘ng‘irot uchastkasida geologiya-qidiruv ishlari davom ettirilmoqda.

Bugungi kunda "Lukoyl" kompaniyasi tomonidan mamlakatimiz neft-gaz sohasidagi qo‘shma loyihalarga jalb etilgan investitsiyalar hajmi 6,3 milliard dollarni tashkil etadi.

Uchrashuvda uzoq muddatli hamkorlikning amaldagi loyihalarini amalga oshirish va istiqbolli loyihalarni tayyorlash masalalari atroflicha muhokama qilindi. Qazib olinadigan tabiiy gazni chuqur qayta ishlashga doir yangi loyihalar, shuningdek, soha uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash bo‘yicha hamkorlikka alohida e’tibor qaratildi.

Vagit Alekperov Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevga qabul va O‘zbekistonda "Lukoyl" kompaniyasi loyihalari qo‘llab-quvvatlanayotgani uchun samimiy minnatdorlik izhor etdi, neft-gaz sohasida keng ko‘lamli o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirishga tayyor ekanini ta’kidladi.

O‘zA