Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

O‘zbekiston Prezidenti nomiga qutlovlar kelmoqda

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
O‘zbekiston Prezidenti nomiga qutlovlar kelmoqda

Ramazon hayiti munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga xorijiy mamlakatlar davlat va hukumat rahbarlaridan tabrik maktublari kelmoqda. Jumladan, Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Donald Trampning qutlovida bunday deyilgan:

Muhtaram Prezident Janobi Oliylari!

Amerika xalqi nomidan Melaniya va men Sizga va O‘zbekiston xalqiga Ramazon hayiti munosabati bilan samimiy tabriklarimizni yo‘llaymiz.

Ramazon oyining yakunlanishini nishonlar ekanmiz, adolat va rahm-shafqatga asoslangan Islom dinining qo‘shnilarga yordam berish va turli e’tiqoddagi insonlar bilan rizqini baham ko‘rishdek muqaddas an’anasini yanada teran anglaymiz. Iyd al-Fitr bir-birini qo‘llab-quvvatlash va barchaning o‘z salohiyatini to‘laligicha yuzaga chiqarish imkonini beradigan jamiyat barpo etish mas’uliyatini yodga soladi.

Amerika Qo‘shma Shtatlari ko‘plab din vakillari, shu jumladan, mamlakatimizga muhim hissa qo‘shgan va qurolli kuchlarimizda munosib xizmat qilgan amerikalik musulmonlarning ham yurtidir.

Men dunyodagi barcha musulmonlarga o‘zimning eng samimiy tabriklarimni yo‘llayman. Ushbu bayram kunlarida va kelgusi yilda ularga sihat-salomatlik va farovonlik tilayman. Ramazon hayiti muborak!

Hurmat bilan,

Donald J.Tramp,

Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti

Shuningdek, quyidagilar o‘z tabriklarini yo‘llagan:

Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyev

Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov

Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev

Ikki muqaddas masjid xodimi, Saudiya Arabistoni Podshohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saud

Saudiya Arabistoni Podshohligi valiahdi, Vazirlar Mahkamasi raisining o‘rinbosari, mudofaa vaziri Muhammad bin Salmon bin Abdulaziz Ol Saud

Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi Podshohi Abdulla Ikkinchi bin al-Husayn

Falastin Davlati Prezidenti, Falastin ozodlik tashkiloti Ijroiya qo‘mitasi raisi Mahmud Abbos

Islom hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi Yusuf Al-Usaymin

Qutlovlar kelishi davom etmoqda.

www.prezident.uz