Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

“O’ZBEKISTON PREZIDENTI SAYLOVIDADUNYONING 50 DAN ZIYOD DAVLATI EKSPERTLARI KUZATUVCHI SIFATIDA ISHTIROK ETADI”

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
“O'ZBEKISTON PREZIDENTI SAYLOVIDADUNYONING 50 DAN ZIYOD DAVLATI EKSPERTLARI KUZATUVCHI SIFATIDA ISHTIROK ETADI”

Tehronda fors tilida chop etiladigan ommabop “ASIA” gazetasida ana shu sarlavha ostida maqola e’lon qilindi.

Mamlakatimizning Erondagi elchixonasida shu yil 4-dekabr kuni bo’lib o’tadigan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik mavzusiga baғishlab o’tkazilgan davra suhbati yakunlari asosida chop etilgan maqolada yurtimizda ushbu siyosiy jarayonKonstitutsiya, milliy qonunchilik hamda xalqaro demokratik me’yorlar va qoidalarga amal qilingan holda tashkil etilayotgani qayd etiladi.

“O’zbekiston Markaziy saylov komissiyasi tomonidan Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Demokratik institutlar va inson huquqlari bo’yicha byurosi, Mustaqil Davlatlar hamdo’stligi Ijroiya qo’mitasi, Shanxay Hamkorlik tashkiloti, Islom Hamkorlik tashkiloti va Butunjahon saylov organlari uyushmasi kabi nufuzli xalqaro tuzilmalarga O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida kuzatuvchi sifatida ishtirok etish uchun taklifnomalar yuborildi, - deb yozadi “ASIA”. - Ayni paytda Qorakalpoғiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida ushbu siyosiy tadbirni o’tkazuvchi saylov okruglari tuzildi va qizғin faoliyat yuritmoqda”.

Mamlakatimiz saylov tizimi haqida to’xtalar ekan, “bugun O’zbekistonda xalqaro andozalarga to’la javob beradigan samarali saylov tizimi hamda siyosiy partiyalarning keng ijtimoiy-siyosiy faoliyat olib borishi uchun zarur sharoitlarni ta’minlaydigan salmoqli qonunchilik zamini mavjud, - deyiladi maqolada. - Saylovlar ko’ppartiyaviylik asosida o’tkaziladi. O’zbekiston Markaziy saylov komissiyasi mamlakat Prezidenti sayloviga to’rtta partiyadan ko’rsatilgan nomzodlar ishtirok etishini tasdiqladi. Unga ko’ra, O’zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan Sarvar Otamuratov, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati - O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan Shavkat Mirziyoyev, O’zbekiston Xalq demokratik partiyasidan Xatamjon Ketmonov, O’zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan Narimon Umarovlar O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar sifatida ro’yxatga olindi”.

“Erkin demokratik saylovlar O’zbekiston ijtimoiy hayotining muhim konstitutsiyaviy me’yoriga, xalqaro hamjamiyat tomonidan e’tirof etilgan ichki siyosiy tartib kafolati hamda davlat va fuqarolik jamiyati o’rtasidagi munosabatlari barqarorligining omiliga aylanib qolgan, - deyiladi “ASIA” nashri maqolasida. - Shuningdek, ular fuqarolarning siyosiy va ijtimoiy faolligini oshirishning, aholi xohish-irodasi va fikrlarini ifoda etishning o’ta muhim vositasi bo’lib qoldi”.

Eron nashri shuningdek, mamlakatimizda mustaqillikning ilk yillaridan boshlab davlat boshqaruvidagi asosiy institutlarni demokratik saylovlar asosida shakllantirish masalasiga jiddiy e’tibor qaratilgani haqida alohida to’xtaladi.

“O’tgan davrda O’zbekistonda saylov qonunchiligini shakllantirish hamda tizimli rivojlantirish borasida amalga oshirilgan ishlar natijasida milliy saylov tizimining izchil va bosqichma-bosqich liberallashuvini, prezidentlik hamda davlat hokimiyati vakillik organlari saylovlarining qonun talablari va umume’tirof etilgan xalqaro prinsip hamda me’yorlarga to’la mos holda o’tkazilishini ta’minlaydigan mukammal qonunchilik bazasi shakllandi va hozirga qadar saylov jarayonlarini huquqiy tartibga soluvchi o’nga yaqin hujjat qabul qilindi.Mazkur qonunlarda saylov tizimi, uning mohiyati, saylash hamda saylanish huquqi, saylovlarni tashkil etish va o’tkazish, saylovlardagi ochiqlik hamda oshkoralik, saylov komissiyalarining huquq va vakolatlari, ovoz berish tartibi hamda uning natijalarini aniqlash, fuqarolarning saylovlardagi ishtiroki, saylov huquqining kafolatlari, saylovlarni moliyalashtirish kabi masalalarni huquqiy tartibga soluvchi qoidalar belgilandi”.

Maqola yakunida O’zbekistonda o’tgan yillar davomida saylov qonunchiligiga kiritilayotgan yangiliklarga izoh beriladi.

“Bu o’zgartirish va qo’shimchalar mamlakatda saylovlarni adolatli, ochiq-oshkora, qonuniy, xalqaro me’yorlarga mos tarzda o’tkazilishi barobarida, fuqarolarning davlat va jamiyat boshqaruvida faol ishtirok etishi bilan boғliq siyosiy huquqlarini kafolatlashga, davlat hokimiyati vakillik organlarining demokratik tamoyillar asosida shakllanishiga, siyosiy partiyalarning mazkur siyosiy jarayonda faol qatnashishini ta’minlashga qaratilgan”, - deya xulosa qiladi “ASIA” gazetasi.

“Jahon” AA, Tehron