Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

O‘zbekiston Prezidenti tashabbusi jahon hamjamiyati tomonidan bir ovozdan qo‘llab-quvvatlandi

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
O‘zbekiston Prezidenti tashabbusi jahon hamjamiyati tomonidan bir ovozdan qo‘llab-quvvatlandi

Ma’lumki, 2017 yilning sentabr oyida Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tgan BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasi chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan qator dolzarb masalalar, shu jumladan, tashkilot doirasida Bosh Assambleyaning Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus rezolyutsiyasini qabul qilish tashabbusi ilgari surilgan.

Mazkur taklif ijrosi asnosida o‘tgan yilning noyabrida Samarqand shahrida “Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yo‘lidagi hamkorlik” mavzuida xalqaro konferensiya o‘tkazildi. Tadbir yakuni bo‘yicha O‘zbekiston Prezidentining tashabbusi xorijiy davlatlar yuqori martabali delegatsiyalari, shu jumladan, Markaziy Osiyo va Afg‘oniston, MDH, Yevropa, Osiyo mamlakatlari va AQSh tashqi ishlar mahkamalari rahbarlari, shuningdek, BMT, YeI, YeXHT, ShHT, YeTTB kabi nufuzli xalqaro tashkilotlar vakillari tomonidan to‘liq qo‘llab-quvvatlandi.

Shunday qilib, BMT doirasida maxsus rezolyutsiya loyihasi ko‘p oylar davomida muhokama etilganidan so‘ng, 2018 yilning 22 iyun kuni O‘zbekiston Prezidentining mazkur tashabbusi hayotga tadbiq etildi. Xususan, Nyu-Yorkda BMT Bosh Assambleya yalpi majlisi chog‘ida “Markaziy Osiyo hududida tinchlik, barqarorlik va barqaror rivojlanishni ta’minlash bo‘yicha xalqaro va mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash” rezolyutsiyasi qabul qilindi.

Quvonarlisi shundaki, rezolyutsiya nafaqat BMT ga a’zo davlatlar tomonidan bir ovoz bilan qo‘llab-quvvatlandi, balki Yevropa, Shimoliy Amerika, Osiyo, Afrika va boshqa qit’alardan qariyb 55 mamlakat bilan hammualliflikda qabul qilindi. Uning jahon hamjamiyati tomonidan e’tirof etilishi esa yurtboshimiz tashabbusining dolzarbligidan dalolat beradi. Bizga qo‘shni davlatlar bilan bir qatorda Germaniya, Italiya, Kanada, Norvegiya, Shveysariya, Avstraliya, Janubiy Koreya, Turkiya, Singapur, Qatar, BAA va Hindiston shular jumlasidandir.

Rezolyutsiyaga O‘zbekistonning dolzarb tashabbuslari kiritilgan. Xususan, unda Samarqanddagi konferensiya chog‘ida qabul qilingan muhim yechimlar va ularning asosiy natijalari tilga olingan hamda mintaqa mamlakatlarining ikki tomonlama va mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash tarafdori ekani tasdiqlangan. Hujjatda, shuningdek, O‘zbekiston Prezidentining Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari doimiy maslahatlashuv yig‘ilishlarini o‘tkazish bo‘yicha tashabbusi jahon hamjamiyati tomonidan to‘liq qo‘llab-quvvatlanishi qayd etilgan.

BMT Bosh Assambleyasi rezolyutsiyasida Markaziy Osiyo mamlakatlarining Afg‘onistonda tinchlik jarayonlarini mustahkamlash va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda uning mintaqaviy siyosiy va iqtisodiy masalalardagi ishtirokini ta’minlash bo‘yicha sa’y-harakatlariga alohida e’tibor qaratilgan. Bu borada «Tinchlik jarayoni: xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik» mavzuida Afg‘oniston bo‘yicha yuqori darajadagi Toshkent xalqaro konferensiyasi (2018 yil mart) afg‘onistonliklar boshqaruvi ostida amalga oshirilayotgan tinchlik va sulh jarayonlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha xalqaro hamjamiyat harakatlarining davomi sifatida muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlangan.

Mutaxassislarning fikricha, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning dovyurak va faol siyosati sharofati bilan mintaqa mamlakatlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarda fundamental siljish yuz berdi. Bu esa Markaziy Osiyoda mustahkam siyosiy ishonch va o‘zaro hamkorlikni aks ettiruvchi mutlaqo yangi siyosiy muhit paydo bo‘lishiga olib keldi.

Umuman olganda, BMT Bosh Assambleyasi rezolyutsiyasining bir ovoz bilan qabul qilinishi Markaziy Osiyoda tinchlik va barqaror rivojlanishni ta’minlash maqsadidagi O‘zbekistonning savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi imkoniyatlaridan samarali foydalanish uchun yaqin qo‘shnilik va o‘zaro manfaatli sheriklik tamoyillari asosida mamlakatning mintaqaviy hamkorlik bo‘yicha olib borayotgan hozirgi faoliyati xalqaro hamjamiyat tomonidan to‘liq qo‘llab-quvvatlanishidan dalolat beradi.

“Dunyo” AA