O‘zbekiston Prezidenti tojikistonlik dehqonlarga Captiva sovg‘a qildi
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

O‘zbekiston va Tojikiston Prezidentlari Tursunzoda tumanidagi “Bog‘i somon” dehqon xo‘jaligiga tashrif buyurdi.
Xo‘jalik rahbari Kamol hoji Madumarov asli oltiariqlik usta dehqon farzandi. U ota kasbini davom ettirib, qut-baraka, elda obro‘ topgan. Bugungi kunda xo‘jalik uzumzori 500 gektarga yetgan. O‘nga yaqin navdagi shirin va hosildor uzumlar dovrug‘i butun mintaqamizga taralgan.
Prezidentimiz uzumzor bog‘ va mahsulotlar omborini ko‘zdan kechirdi. Shavkat Mirziyoyev Kamol ota Madumarovga mamlakatimizda ishlab chiqarilgan Captiva avtomashinasini sovg‘a qildi.
Davlatimiz rahbari shu tumandagi «Vatan» dehqon xo‘jaligida ham bo‘lib, uning rahbari Ne’mat hoji Usmonovga yana bir avtomashina tuhfa etdi.