O‘ZBEKISTON PREZIDENTI TURKMANISTONGA KELDI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning taklifiga binoan 6-mart kuni davlat tashrifi bilan Turkmanistonga keldi.
Ashxobod xalqaro aeroportida oliy martabali mehmon sharafiga O‘zbekiston va Turkmaniston davlat bayroqlari ko‘tarildi, faxriy qorovul saf tortdi.
O‘zbekiston delegatsiyasi o‘zi uchun ajratilgan qarorgohga yo‘l oldi.
Turkmanistonda Prezidentimiz tashrifiga katta tayyorgarlik ko‘rilgani har qadamda sezilib turibdi. Shahar ko‘chalari ikki mamlakat davlat bayroqlari, o‘zbek va turkman tillaridagi qutlov so‘zlari bilan bezatilgan.
Dasturdan ikki tomonlama muzokaralar, madaniy tadbirlar o‘rin olgan. Tashrif yakunlari bo‘yicha ikki davlat Prezidentlarining Qo‘shma bayonoti, Strategik sheriklik to‘g‘risidagi shartnoma, shuningdek, turli sohalardagi o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirishga doir qator hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.
O’zA