Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

O‘zbekiston Prezidenti Xalqaro valyuta jamg‘armasi boshqaruvchi direktorini qabul qildi

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
O‘zbekiston Prezidenti Xalqaro valyuta jamg‘armasi boshqaruvchi direktorini qabul qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan kelgan Xalqaro valyuta jamg‘armasi boshqaruvchi direktori Kristin Lagardni qabul qildi.

Davlatimiz rahbari oliy martabali mehmonni samimiy qutlar ekan, O‘zbekiston va Xalqaro valyuta jamg‘armasi o‘rtasidagi amaliy muloqot va o‘zaro manfaatli hamkorlik izchil rivojlanib borayotganini katta mamnuniyat bilan qayd etdi.

2017 yilning sentyabrida Nyu-York shahrida va joriy yil aprel oyida Pekin shahrida o‘tgan ikki tomonlama muzokaralar samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va yanada kengaytirishga xizmat qilgani ta’kidlandi.

Bugungi kunda jamg‘arma mamlakatimizda ilg‘or xalqaro tajriba va bilimlar asosida keng miqyosli islohot va yangilanishlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda muhim sheriklardan biri ekani alohida qayd etildi.

Keyingi ikki yilda jamg‘armadan jalb etilgan texnik ko‘mak hajmi sezilarli darajada ortdi: mamlakatimizga XVJning 14 missiyasi tashrif buyurdi, soliq va moliya sohalari bo‘yicha yetakchi xalqaro konsultant va ekspertlar jalb etildi.

Jamg‘arma ko‘magida O‘zbekiston XVJ statistika ma’lumotlari tarqatishning umumiy tizimiga qo‘shildi, Markaziy bank va valyutani tartibga solish to‘g‘risidagi qonunlarning yangi tahriri loyihasi ishlab chiqildi, yangi Soliq siyosati va ma’muriyatchiligi konsepsiyasi va boshqalar joriy etildi.

Uchrashuvda O‘zbekiston va Xalqaro valyuta jamg‘armasining hamkorligi istiqbollari batafsil muhokama qilindi va bu boradagi ustuvor yo‘nalishlar belgilab olindi.

Pul-kredit va soliq-budjet siyosatini takomillashtirish, monetar siyosatning samarali vositalarini joriy etish, mamlakatimizda ishbilarmonlik va investitsiya muhitini yaxshilash hamda boshqa yo‘nalishlarda faol hamkorlikni davom ettirishga alohida e’tibor qaratildi.

O‘z navbatida, XVJ boshqaruvchi direktori O‘zbekistonga tashrif bilan kelish taklifi hamda ko‘rsatilayotgan samimiy qabul uchun Prezidentimizga minnatdorlik bildirdi. Kristin Lagard jamg‘arma mamlakatimizda barcha tarmoq va yo‘nalishlarni qamrab olgan holda faol amalga oshirilayotgan islohotlarni yuksak baholashini alohida ta’kidladi.

O‘zbekistonning Markaziy Osiyoda yaxshi qo‘shnichilikni mustahkamlash va o‘zaro ishonchni oshirish, mintaqaviy savdo-iqtisodiy va gumanitar hamkorlikni kengaytirish borasidagi sa’y-harakatlari alohida qayd etildi.

Uchrashuv yakunida Kristin Lagard Xalqaro valyuta jamg‘armasi mamlakatimizda samarali islohotlarni amalga oshirish va iqtisodiyotning barqaror rivojlanishini ta’minlashga har tomonlama ko‘maklashishni davom ettirishga tayyor ekanini tasdiqladi.

www.president.uz