Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

O‘zbekiston Prezidenti YuNYeSKO Bosh direktori bilan uchrashdi

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
O‘zbekiston Prezidenti YuNYeSKO Bosh direktori bilan uchrashdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 8 oktabr kuni Parij shahridagi YuNYeSKO bosh qarorgohida ushbu tashkilot Bosh direktori Odri Azule bilan uchrashdi.

BMTning ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkiloti - YuNYeSKO 1945 yil 16 noyabrda tuzilgan. Uning asosiy maqsadi ta’lim, fan, madaniyat, kommunikatsiyalar, turizm sohalaridagi hamkorlikni rivojlantirish orqali tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlashga ko‘maklashishdir. Norasmiy ravishda “BMTning aql laboratoriyasi” deb ataladi. Javoharlal Neru o‘z vaqtida YuNYeSKOga “insoniyat vijdoni” deb ta’rif bergan.

Bugungi kunda unga 195 ta mamlakat a’zo hisoblanadi. O‘zbekiston tashkilotga 1993 yil 26 oktyabrda a’zo bo‘lgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Fransiya Respublikasiga rasmiy tashrif YuNYeSKOdagi uchrashuvdan boshlangani chuqur ma’no va muhim ahamiyatga ega ekanini, O‘zbekistonning ushbu tashkilot bilan hamkorligi izchil rivojlanib borayotganini ta’kidladi.

Odri Azule davlatimiz rahbarini tashrifi bilan samimiy qutlab, O‘zbekiston bilan hamkorlik rivojida ushbu uchrashuv g‘oyat muhimligini qayd etdi.

Mamlakatimiz YuNYeSKO Ijroiya kengashi tarkibiga ikki marta saylangan. Ushbu tashkilot bilan birgalikda xalqaro miqyosda Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek, Farg‘oniy, Imom Buxoriy, Kamoliddin Behzod, qadimiy shaharlarimiz Buxoro, Xiva, Termiz, Shahrisabz, Qarshi, Samarqand, Marg‘ilon va Toshkent, “Alpomish” dostoni va “Avesto” kitobi, shuningdek, Xorazm Ma’mun akademiyasining yubileylari keng nishonlandi. Buxoro shahri tashkilotning “Tinchlik tarafdori bo‘lgan shaharlar” sovrini bilan taqdirlangan.

Usmon Mashafi va Sharqshunoslik institutining qo‘lyozmalar to‘plami YuNYeSKOning “Jahon xotirasi” ro‘yxatiga kiritilgan.

Xivadagi «Ichan qal’a» majmuasi, madaniyatlar chorrahasi - Samarqand, Buxoro va Shahrisabzning tarixiy markazlari, shuningdek, Chotqol biosferasi YuNYeSKOning Jahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan.

Shoshmaqom, Boysun madaniy makoni, Katta ashula, askiya, osh, Navro‘z, atlas va adras ishlab chiqarish texnologiyalari tashkilotning Insoniyat nomoddiy madaniy merosi reprezentativ ro‘yxatiga kiritilgan.

O‘zbekistonning YuNYeSKO bilan hamkorligi o‘zbek musiqiy madaniyatini asrab-avaylash, rivojlantirish va ommalashtirishga ham xizmat qilmoqda. Xususan, YuNYeSKO ko‘magida Samarqand shahrida har ikki yilda bir marta “Sharq taronalari” xalqaro festivali o‘tkazib kelinmoqda. Joriy yil sentabr oyida Shahrisabzda ilk bor Xalqaro maqom san’ati forumi o‘tkazildi.

Davlatimiz rahbarining yaqinda qabul qilingan qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining YuNYeSKO huzuridagi doimiy vakolatxonasi ta’sis etildi.

Ta’lim sohasidagi hamkorlik ham istiqbolli va muhimdir. O‘zbekiston “Jaholatga qarshi ma’rifat” g‘oyasi asosida jismoniy va ma’naviy barkamol shaxsni tarbiyalashga qaratilgan siyosatni amalga oshirmoqda.

Davlatimiz rahbari o‘tgan yil sentabr oyida BMTning Yoshlar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyasi va Bosh Assambleyaning “Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik” nomli rezolyutsiyasini qabul qilish tashabbusini ilgari surgan edi.

YuNYeSKO Bosh direktori O‘zbekiston Prezidentining ushbu tashkilot shafeligida tinchlik va bag‘rikenglik madaniyatini shakllantirish, ekstremizmning oldini olish maqsadida Samarqand shahrida Mirzo Ulug‘bek nomidagi xalqaro institut tashkil etish, Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti huzurida Ta’limda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha mintaqaviy markaz hamda Samarqanddagi Turizm xalqaro universitetida YuNYeSKO kafedrasini tuzish bo‘yicha tashabbuslarini qo‘llab-quvvatladi.

O‘zbekistonda Markaziy Osiyo yosh olimlari mintaqaviy forumini hamda 2019 yilda Toshkentda "Axborot texnologiyalari madaniy merosni asrash xizmatida" mavzuida Osiyo forumini o‘tkazish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.

Bosh direktor O‘zbekistonning butun insoniyat boyligi bo‘lgan madaniy-tarixiy merosni asrab-avaylash borasidagi siyosatini yuksak baholadi.

Uchrashuv so‘ngida Shavkat Mirziyoyev va Odri Azule O‘zbekiston bilan YuNYeSKO aloqalarini rivojlantirishga qaratilgan 2021 yilgacha hamkorlik dasturini imzoladilar.

Prezident Shavkat Mirziyoyev YuNYeSKOning faxriy mehmonlar kitobiga dastxat yozdi.

www.president.uz