O‘ZBEKISTON PREZIDENTINING AMERIKA QO‘SHMA SHTATLARIGA TASHRIFIGA DOIR
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017-yil 18-20-sentabr kunlari Amerika Qo‘shma Shtatlariga tashrif buyuradi va BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasi umumiy muzokaralarida nutq so‘zlaydi.
O‘zbekiston Prezidenti Nyu-York shahriga tashrifi doirasida BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish, Xalqaro valyuta fondi taqsimlovchi direktori Kristin Lagard, Jahon banki guruhi prezidenti Jim Yon Kim hamda BMT Bosh Assambleyasiga tashrif buyurgan boshqa davlat rahbarlari bilan uchrashib, muzokaralar o‘tkazadi.
Davlatimiz rahbari, shuningdek, keng doiradagi O‘zbekiston –Amerika biznes-forumida ishtirok etadi. Biznes-forum yakunlari bo‘yicha ikki davlat yetakchi firma va kompaniyalari rahbarlari o‘rtasida savdo-iqtisodiy, moliyaviy-sarmoyaviy sohalarda ko‘plab ikki tomonlama hujjatlar imzolanishi kutilmoqda.
O’zA