O‘ZBEKISTON PREZIDENTINING PARLAMENT A’ZOLARIGA MUROJAATNOMASI XORIJLIK EKSPERTLAR NIGOHIDA
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasiga Murojaatnomasi yuzasidan xorijiy mamlakatlardan kelayotgan izoh va sharhlarning ko‘pligi tarixiy nutqning aks-sadosi hamon davom etayotganidan darak beradi. Ushbu hujjat butun jahonda qizg‘in muhokama etilayotgani O‘zbekiston yetakchisining mazkur nutqi o‘ta muhim ahamiyatga ega ekanligidan dalolatdir.
Kyoko Nakayama, Yaponiya parlamenti Maslahatchilar palatasi deputati, Yaponiyaning O‘zbekistondagi sobiq elchisi:
Shavkat Mirziyoyevning Prezidentligi yilida O‘zbekiston tashqi hamda ichki siyosatida salmoqli natijalarga erishildi. O‘zbekiston Shavkat Mirziyoyev rahbarligida rivojlanishning yangi bosqichiga o‘tdi, turli sohalarda islohotlar boshlandi. Bir yil davomida biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay bo‘lgan davlat boshqaruvining yangi asoslari yaratildi, fuqarolar bilan muloqot olib borishning innovatsion uslubi joriy etildi.
Biz mamlakatingizdan ko‘p xushxabarlar kutamiz. Ishonchim komilki, “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yilida” O‘zbekiston davlat rahbari tomonidan qo‘yilgan maqsadlarga erishadi.
Tetsudji Tanaka, Markaziy Osiyo va Kavkaz tadqiqotlari institutining ijrochi direktori (Yaponiya):
O‘zbekistonning Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan o‘zaro munosabatlari yaqin qo‘shnichilik darajasiga ko‘tarilgani Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida erishilgan asosiy muvaffaqiyatlardan biri sanaladi. Bundan tashqari, moliya sohasidagi o‘ta jiddiy islohotlar, jumladan, valyutani tartibga solishdagi liberallashtirish singari yangilanishlar o‘z natijalarini bermoqda.
Virtual va xalq qabulxonalarini tashkil etish vositasida xalq bilan ochiq muloqot olib borish siyosatini ijobiy yondashuv, deb baholash kerak. Bu tizim tufayli davlat xizmatchilarining aholi oldidagi mas’uliyati ortmoqda, ijtimoiy sohalarda yuzaga kelayotgan qiyinchilik va muammolar tezkorlikda o‘z yechimini topmoqda.
Fabio Indeo, Markaziy Osiyo tadqiqotlari Italiya Assotsiatsiyasining a’zosi:
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 22 dekabr kuni taqdim etgan Murojaatnoma kelgusi yillar uchun davlat va jamiyat faoliyatining strategik yo‘nalishlarini belgilab berdi. Unda islohotlar rejasi o‘z ifodasini topdi. “O‘zbekistonning jahonga ochilishi” eng muhim ustuvorliklardan hisoblanadi. Davlat rahbari bir necha bor ta’kidlab o‘tganidek, barcha islohotlar xalq manfaatlarini hisobga olgan holda, jamoatchilik va aholi bilan faol muloqot olib borish natijasida qabul qilinishi lozim.
Tofiq Abbosov, Boku Ko‘pmadaniyatlilik xalqaro markazining Media departamenti direktori (Ozarbayjon):
O‘zbekiston Prezidenti mamlakat parlamenti a’zolari va o‘zbek xalqiga yo‘llagan Murojaatnomada jamiyat hayotining barcha jabhalarini qamrab olgan amaliy taklif va tavsiyalar o‘z aksini topgan. Shavkat Mirziyoyev oddiy odamlar bilan muloqot olib borish yo‘lini shaxsan o‘zi ko‘rsatib bermoqda. Unda samarali va bexato davlat boshqaruvining markazida aql-zakovat, tajriba va jamiyatning salohiyati turmog‘i lozimligi alohida ta’kidlangan.
“Jahon”AA