Birinchi slide Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

O‘ZBEKISTON PREZIDENTINING SAMARQANDDA BO‘LIB O‘TGAN XALQARO KONFERENSIYADAGI NUTQI XORIJIY OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI NIGOHIDA

2017 - Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili 2017 - Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi - 2016 O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi - 2016 O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 26 yilligi O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 26 yilligi Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar Press-relizlar Press-relizlar O`zbеkistоning IHT TIVKga raisligi O`zbеkistоning IHT TIVKga raisligi BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik "Sharq taronalari" xalqaro festivali "Sharq taronalari" xalqaro festivali Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O‘zbekiston Xalqaro Paxta Yarmarkasi O‘zbekiston Xalqaro Paxta Yarmarkasi Sayyohlik Sayyohlik Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni
hamma resurslarni ko'rsatish
O‘ZBEKISTON PREZIDENTINING SAMARQANDDA BO‘LIB O‘TGAN XALQARO KONFERENSIYADAGI NUTQI XORIJIY OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI NIGOHIDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Samarqandda bo‘lib o‘tgan “Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yo‘lidagi hamkorlik” mavzusidagi xalqaro konferensiyada so‘zlagan nutqi xorijiy ommaviy axborot vositalarida keng muhokama qilinmoqda. Ularda qayd etilishicha, davlatimiz rahbari tomonidan konferensiyada ilgari surilgan tashabbuslar Markaziy Osiyoda hamkorlikni mustahkamlash, savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish, shuningdek, mintaqada xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlashga xizmat qiladi.

SHHT kotibiyati rasmiy sayti (sectsco.org) Shavkat Mirziyoyevning quyidagi so‘zlariga alohida e’tibor qaratgan: «Mintaqamiz xalqlarini ming yillik qardoshlik va yaxshi qo‘shnichilik rishtalari bog‘lab turadi. Amaliy hamkorlikka tayyorlik va unga astoydil intilish, shuningdek, barcha Markaziy Osiyo mamlakatlarining umumiy kelajak uchun mas’uliyatni his etishi mintaqaning barqaror rivojlanishi va farovonligining mustahkam poydevori va kafolatidir».

Internet nashrida, shuningdek, O‘zbekiston Prezidenti «xavfsizlikka tahdidlarni “o‘ziniki va o‘zgalarniki” deb ajratishdan voz kechish»ga ishonch bildirgan holda, ushbu sohada SHHT doirasida va BMTning muvofiqlashtirishda tutgan o‘rniga tayangan holda «mintaqaviy tuzilmalar mexanizmlari doirasida o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash»ga chorlagani qayd etilgan.

Rossiyaning «Sputnik» yangiliklar portali (sputniknews-uz.com) Shavkat Mirziyoyev xalqaro konferensiya ishtirokchilari va mehmonlarni qutlab, O‘zbekiston bahsli masalalarni tezroq hal qilish va o‘zaro ishonchni yanada mustahkamlash tarafdori ekanini ta’kidlagani xususida yozadi.

«Sputnik» O‘zbekiston Prezidentining quyidagi so‘zlarini keltiradi: «Davlatlarimiz aynan yaxshi qo‘shnichilik va o‘zaro manfaatli hamkorlik tamoyillari asosida savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar sohalarda, xavfsizlik va barqarorlik masalalarida o‘z salohiyatini yanada samarali amalga oshira oladi. Ishonchim komil, bundan barcha – Markaziy Osiyo davlatlari ham, boshqa mamlakatlar ham birdek manfaat ko‘radi».

O‘zbekiston Prezidenti hamkorlikning mintaqalararo mexanizmlarini mustahkamlash tashabbusi bilan chiqdi. Nashr davlatimiz rahbarining quyidagi so‘zlarini keltiradi: «Mintaqalararo hamkorlik masalasiga alohida e’tibor qaratilishi lozim. Shu munosabat bilan Markaziy Osiyo davlatlarining hududlar rahbarlari (hokimlari) biznes hamjamiyatining assotsiatsiyasini ta’sis etishni taklif qilaman. Ushbu mexanizmlar butun Markaziy Osiyoda barqaror rivojlanishni ta’minlagan holda, mamlakatlarimiz hududlarining sanoat, investitsiya va intellektual sohalardagi salohiyatini to‘la ishga solish imkonini berishiga ishonaman".

Qozog‘istonning «Kazinform» axborot agentligi (kaznews.kz) Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo mamlakatlariga Transport kommunikatsiyalarini rivojlantirish bo‘yicha umummintaqaviy dastur ishlab chiqish va qabul qilishni taklif etgani haqida yozgan.

Internet nashri, shuningdek, O‘zbekiston Prezidenti mintaqaning tranzit-logistika salohiyatidan yanada samarali foydalanish va transport infratuzilmasining jadal rivojlanishini ta’minlash istiqbollarini qayd etganiga alohida urg‘u beradi.

«Kazinform» Shavkat Mirziyoyevning quyidagi so‘zlarini keltiradi: «BMT ekspertlarining hisob-kitoblariga ko‘ra, Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi samarali kooperatsiya aloqalari 10 yil mobaynida mintaqaviy yalpi ichki mahsulotni kamida ikki barobar oshirish imkonini bergan bo‘lar edi».

Qozog‘istonning «24KZ» telekanali (24.kz) Prezidentimizning Markaziy Osiyo davlatlarining iqtisodiy forumini tashkil etish, mintaqa mamlakatlari o‘rtasida savdo-iqtisodiy va gumanitar sohalardagi hamkorlikni yanada kengaytirish zarurligi haqidagi tashabbusi o‘ta muhim ekanini ta’kidlagan.

“Oddiy va ochiq insoniy muloqot – mintaqada do‘stlik, hamjihatlik va barqarorlik muhitini mustahkamlaydigan eng ishonchli usuldir, deya ta’kidladi Prezident Shavkat Mirziyoyev”, deb xabar beradi telekanal.

MDH Ijroiya qo‘mitasi rasmiy sayti (cis.minsk.by)da MDH Ijroiya qo‘mitasi raisi – Ijrochi kotibi Sergey Lebedevning bugungi kunda Markaziy Osiyoda integratsiyalashuv jarayonlarini mustahkamlash va rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar ochilayotgani haqidagi fikri bayon etilgan. Uning fikricha, O‘zbekiston Respublikasining mintaqa davlatlari bilan hamkorlikni mustahkamlash va rivojlantirish, barcha muammoli masalalarda oqilona murosaga erishish, barqaror rivojlanish uchun har tomonlama qulay sharoitlar yaratishga qaratilgan tashqi iqtisodiy siyosati ham bunga xizmat qilmoqda.

Internet nashrida bayon etilishicha, S.Lebedev O‘zbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasidagi nutqida mamlakat tashqi siyosatining ustuvor jihatlarini qayd etib, o‘tkir mintaqaviy va global muammolar, shuningdek, ularni bartaraf etish yo‘llari xususida batafsil to‘xtalib o‘tgani, Markaziy Osiyoda xalqaro muloqot va hamkorlikning izchil makonini yaratish yo‘llarini bayon etganini eslatib o‘tgan.

Hindistonning «DNA» axborot agentligi (dnaindia.com) diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash muammosi Hindiston uchun ham dolzarb ahamiyat qasb etishini qayd etgan. Shavkat Mirziyoyev ekstremizm hamda diniy matnlarning noto‘g‘ri talqin qilinishiga qarshi samarali intellektual vositalar yordamida kurashishni ta’minlash maqsadida Samarqandda tashkil etilayotgan Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Toshkentda tashkil etilayotgan Islom sivilizatsiyasi markazi xaqida ma’lumot bergan.

Internet nashri Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi Hindiston uchun ham alohida ahamiyatga ega ekanini qayd etgan, chunki Hindistonning diniy o‘quv muassasalaridagi aksariyat diniy matnlar va o‘quv rejalari Imom Buxoriyning ilmiy ishlariga asoslangan.

«DNA» Shavkat Mirziyoyevning quyidagi so‘zlariga alohida urg‘u beradi: «Bizning bosh maqsadimiz – umumiy sa’y-harakatlarimiz bilan Markaziy Osiyoni barqaror, iqtisodiy rivojlangan va yuksak taraqqiy etgan mintaqaga aylantirishdan iborat. Buning uchun biz turli nizolarni qo‘zg‘aydigan va unga ko‘maklashadigan sabab va omillarga birgalikda barham bermog‘imiz, umummintaqaviy ustuvor manfaatlarni inobatga olish asosida milliy rivojlanishni ta’minlamog‘imiz zarur». O‘zbekiston rahbari mintaqada barqaror va izchil taraqqiyotning istiqbollari qo‘shni Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish bilan ham chambarchas bog‘liq ekanini ta’kidlagan.

Axborot agentligi O‘zbekiston Prezidenti nutqidan: "birinchi galda yoshlarni ilm-ma’rifatga o‘rgatish, ularga islom dinining insonparvarlik mohiyati, islom madaniyatining asl qadriyatlarini yetkazish ekstremizmga qarshi kurashishning eng samarali vositasi hisoblanadi. Bu borada biz Samarqandda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Toshkentda Islom sivilizatsiyasi markazini tashkil etishga qaror qildik», degan iqtibosni keltirgan.

Shuningdek, Hindistonning Rossiyadagi sobiq diplomatik vakili Ashok Mukerjining Markaziy Osiyoning bag‘rikenglik tamoyillariga asoslangan islom dinining boy qadriyatlari Markaziy Osiyo davlatlari, xususan, Hindiston bilan munosabatlarida milliy mushtaraklikni mustahkamlashda alohida ahamiyat kasb etishi mumkinligi haqidagi fikrlari keltirilgan. «Ushbu meros hadislarga tartib berish bo‘yicha Imom Buxoriyning Markaziy Osiyo ilohiyot ilmida tutgan maqomi, jumladan, Beruniy, Forobiy, Ulug‘bek singari buyuk olimlar hamda so‘fiylik ta’limotining yetuk namoyandalari Ahmad Yassaviy va Bahouddin Naqshbandiy ilmiy va gumanitar hissasi bilan belgilanadi», deb ta’kidlaydi hindistonlik diplomat.

Rossiyaning “Sputnik” yangiliklar portali (sputniknews-uz-com) Camarqandda bo‘lib o‘tgan va 500 dan ortiq ishtirokchi qatnashgan konferensiya ishini yuqori baholadi: “Tadbirda Markaziy Osiyo mamlakatlarining tashqi siyosat mahkamalari rahbarlari, MDH, Yevropa, Osiyo va Amerika davlatlarining rasmiy delegatsiyalari, 10 dan ziyod xalqaro tashkilot, jumladan, BMT, YEI, YEXHT, SHHT, MDH, YETTB vakillari, 100 ga yaqin nufuzli xalqaro ekspertlar, yetakchi xorijiy OAV vakillari hamda O‘zbekistonda akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik korpus vakillari ishtirok etdi”.

Amerikaning “Diplomat” nashri (thediplomat.com) 10 noyabr kuni dunyoning turli mamlakatlari delegatsiyalari xavfsizlik va hamkorlik masalalari bo‘yicha mintaqaviy konferensiyada ishtirok etish uchun Buyuk ipak yo‘lining yuragi – azim Samarqandda to‘plandi, deb ta’kidlaydi.

Unda yozilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Yagona tarix va umumiy kelajak” nomli konferensiya mavzusini bayon etib, o‘zining Markaziy Osiyodagi aholisi eng zich joylashgan davlat rahbari sifatidagi faoliyatining birinchi yilining ustuvor yo‘nalishlari – yaqin qo‘shnichilik va iqtisodiy taraqqiyot haqida so‘zlab berdi.

Mazkur anjumanning o‘tkazilishi O‘zbekiston rahbariyatining ochiq tashqi siyosat yuritish borasidagi qat’iyatini yaqqol namoyon etdi. Markaziy Osiyo mamlakatlarining tashqi ishlar vazirlari hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha takliflar hamda o‘zaro manfaatli, barqaror taraqqiyot yo‘lidagi intilishlarni qo‘llab-quvvatladi.

Qirg‘izistonning «Kabar» axborot agentligi (kabar.kg) ushbu forum O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan BMT Bosh Assambleyasi 72-sessiyasi minbaridan turib ilgari surilgan va Markaziy Osiyoda xavfsizlik, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlash va mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan tashabbuslarini amalga oshirish bo‘yicha muhim qadamlardan biri bo‘ldi, deb yozadi.

Tojikistonning "Aziya-Plyus» axborot agentligi (asiaplus.tj) yozishicha, Samarqand konferensiyasining o‘tkazilishi uning ishtirokchilariga mintaqa xavfsizligi va taraqqiyotining dolzarb masalalari xususida fikr almashish, ularni samarali bartaraf etish yo‘llari bo‘yicha takliflar ishlab chiqish imkonini berdi. Forum ishtirokchilarga Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy aloqalar, transport-kommunikatsiya, suv-energetika, ekologiya va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni rivojlantirishning aniq yo‘nalishlari, shuningdek, xalqaro tashkilotlar va hamkor davlatlarning mintaqa mamlakatlarining global tahdid va xatarlarga qarshi kurashish borasidagi salohiyatini yuksaltirish bo‘yicha mintaqaviy loyihalarni amalga oshirishga ko‘maklashishda tutgan o‘rnini muhokama etishga xizmat qildi.

www.uza.uz