Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

O‘zbekiston Prezidentining tinchliksevar g‘oyalari xalqaro maydonda jaranglamoqda

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
O‘zbekiston Prezidentining tinchliksevar g‘oyalari xalqaro maydonda jaranglamoqda

Ma’lumki, dunyoning turli mintaqalarida yuz berayotgan qurolli mojarolar, qonli to‘qnashuvlar afsuski ko‘p xollarda diniy aqidalar niqobi ostida ilgari surilayotgan buzg‘unchi g‘oyalarga borib taqalmoqda. Bunday sharoitlarda muqaddas Islom dinimizning insoniylik, bag‘rikenglik, tinchlikparvarlik qadriyatlari, ularning jahon afkor ommasiga keng tanitilishi muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Bu borada O‘zbekiston rahbariyati “jaholatga qarshi ma’rifat” tamoyili asosida yangi tashabbuslarni ilgari surmoqda. Ma’lumki, 2016 yil oktabr oyida Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining Toshkent shahrida o‘tkazilgan uchrashuvida Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqotlar markazini tuzish va Islomning asl insoniy qadriyatlarini dunyo ahliga keng targ‘ib qilish taklifini umumjahon kun tartibiga qo‘ygan edilar. 2017 yili Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida yurtboshimiz tomonidan mazkur yo‘nalishda yangi xalqaro tashabbuslar ilgari surildi. Bular qatorida, ayniqsa, BMT Bosh Assambleyasining "Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik" deb nomlangan maxsus rezolyutsiyasini qabul qilish haqidagi tashabbus aloxida ahamiyat kasb etadi. Davlatimiz rahbari barcha xorijlik hamkorlarga Islom dinining insonparvarlik mohiyatini aholi va ayniqsa, yoshlarga tushuntirish yo‘lida yaqin hamkorlikda ish olib borishni taklif etdilar. Shubhasiz, bu borada O‘zbekistonda tashkil etilgan Imom Buxoriy nomidagi xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Islom sivilizatsiyasi markazi va O‘zbekiston Islom akademiyasi kabi muassasalarning amaliy ahamiyati katta.

Bugungi O‘zbekiston zamini Islom ilm-fani va madaniyatining qadimiy beshiklaridan biri hisoblanadi. Xalqimizning ana shunday boy tarixiy, ilmiy, ma’naviy merosini har tomonlama o‘rganish, jahon afkor ommasiga keng tanishtirish, eng muhimi, Islom dinining asl insonparvarlik mohiyatini chuqur ochib berish maqsadida davlatimiz tomonidan amaliy choralar ko‘rilmoqda. Mana shu yo‘nalishda hayotga tadbiq etilayotgan aniq tadbirlar qatorida joriy yilning 20-21 sentyabrida Turkiyaning Istanbul shahrida “XXI asr tahdidlari va Islom ma’rifati g‘oyalari” mavzusidagi o‘tkazilgan xalqaro anjuman aloxida o‘rin tutadi.

O‘zbekistonning Turkiyadagi elchixonasi va Bosh konsulxonasi tomonidan ushbu xorijiy mamlakatning yetakchi ilm maskanlaridan bir hisoblangan Ibn Xoldun Universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan anjumanda yurtimizdan hamda xorijdan kelgan rasmiy shaxslar, taniqli ulamolar, nufuzli xalqaro tashkilotlar, diplomatik korpus vakillari ishtirok etdilar. Ma’lumki, Ibn Xoldun Islom olamida dunyoviy va diniy ilmlarning uyg‘unligiga asos solgan allomalardan biridir. Uning nomi berilgan ilm maskanida mazkur anjumanning o‘tkazilishi ham o‘ziga xos ma’no kasb etdi.

Anjumanda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning XXI asr tahdidlari va Islom ma’rifati g‘oyalari haqidagi chiqishlari, g‘oya va qarashlari, xalqaro maydonda va O‘zbekistonda ilgari surayotgan tashabbuslari tanishtirildi. Tadbirda shuningdek jonajon Vatanimizning bugungi yangi tarraqiyot bosqichida ajdodlarimiz qoldirgan boy ilmiy va madaniy-ma’naviy merosni o‘rganish, targ‘ib qilish, muqaddas qadamjolarni tiklash, obodonlashtirishga qaratilgan yuqori darajadagi davlat siyosatiga aloxida e’tibor qaratildi. Shuning bilan birgalikla Forum ishtirokchilari Islomning insonparvarlik, bag‘rikenglik, ma’rifatparvarlik, bunyodkorlik borasidagi qadriyatlari, ularning hozirgi kunda dunyoning turli mintaqalarida yuz berayotgan buzg‘unchilik hamda radikal g‘oyalarga kurashda faol qo‘llanilishi masalalari to‘g‘risida fikr almashadilar.

Anjumanda ishtirok etish uchun mamlakatimizdan O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari, shayx Abdulaziz Mansur, O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Shoazim Minovarov, O‘zbekiston xalqaro Islom akademiyasi rektori Shuhrat Yovqochevlaridan iborat nufuzli delegatsiya tashrif buyurdi.

Tadbirda shuningdek Turkiya Respublikasi Prezidenti huzuridagi Diyonat ishlari boshqarmasi, Istanbul Ibn Xaldun Universiteti, Anqara universitetining Ilohiyot fakulteti rahbariyati va tadqiqotchilari, “Ho‘ja Ahmad Yassaviy” xalqaro jamg‘armasi, Islom hamkorlik tashkilotining Islom tarixi, san’ati va madaniyatini tadqiq qilish markazi (IRCICA) kabi xalqaro tuzilmalarning vakillari, hamda Turkiyadagi o‘zbek diasporasi vakillari qatnashdilar. Anjuman ishi Turkiya ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan “TRT” davlat tele-radio kompaniyasi efirlaridan, hamda Abadolu milliy ahborot agentligi habarlarida yoritildi.

Tashrif davomida O‘zbekistondan kelgan delegatsiya vakillari Ibn Xaldun Universiteti, Istanbuldagi Islom tadqiqotlari markazi, Islom hamkorlik tashkilotining Islom tarixi, san’ati va madaniyatini tadqiq qilish markazi (IRCICA) infratuzilmasi va faoliyatlari bilan tanishdi, Turkiya Respublikasi Prezidenti huzuridagi Diyonat ishlari boshqarmasi va Istanbul muftiyligi vakillari bilan ham uchrashdilar.

Anjuman doirasida Ibn Xaldun Universiteti qoshidagi Tamaddunlar ittifoqi istituti va O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markazi o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.

Muxtasar qilib aytganda, muhtaram ulamolar, rasmiy doiralar va jamoatchilik vakillari bilan birga dinimiz tarixi, buyuk allomalar va aziz-avliyolarimiz merosini o‘rganish va targ‘ib etish bo‘yicha boshlagan ishlarning davom ettirilishida ushbu xalqaro anjuman o‘zaro foydali uchrashuvlar, muzokaralar uchun yana bir qo‘shimcha imkoniyat yaratdi.

“Dunyo” AA