Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

O‘zbekiston Prezidentining Turkmaniston Prezidenti bilan telefon orqali muloqoti to‘g‘risida

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
O‘zbekiston Prezidentining Turkmaniston Prezidenti bilan telefon orqali muloqoti to‘g‘risida

15 oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.

Suhbat avvalida muntazamlik kasb etgan oliy darajadagi muloqot va uchrashuvlar qardosh xalqlarimizning ko‘p asrlik do‘stligini, o‘zaro hurmat, qo‘llab-quvvatlash va manfaatlarni hisobga olish tamoyillari asosida mamlakatlarimiz o‘rtasidagi yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlashga, ikki tomonlama foydali hamkorlikni kengaytirishga xizmat qilayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.

Davlatimiz rahbari Turkmaniston Prezidentini ommaviy axborot vositalarini rivojlantirishga qo‘shgan salmoqli hissasi uchun Osiyo-Tinch okeani teleradioeshittiruvchilar uyushmasi mukofoti sohibi bo‘lgani bilan samimiy tabrikladi.

Joriy yil avgust oyida Avazada Turkmaniston Prezidenti raisligida muvaffaqiyatli o‘tkazilgan Xalqaro Orolni qutqarish jamg‘armasi sammitining samarali natijalari yuqori baholandi. Ekologiya masalalari, jumladan, Orol halokati oqibatlarini bartaraf etish Markaziy Osiyoning barqaror taraqqiyoti uchun nihoyatda muhim ahamiyatga ega ekani qayd etildi.

Turkmaniston Prezidenti davlatimiz rahbariga samimiy tabrik uchun minnatdorlik bildirib, ikki tomonlama munosabatlar izchil mustahkamlanib borayotganini alohida ta’kidladi.

Savdo, ishlab chiqarish kooperatsiyasi, energetika, samarali transport kommunikatsiyalarini rivojlantirish va boshqa sohalarda o‘zaro hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

Hududlararo aloqalar va madaniy-gumanitar almashuvlarni kengaytirish muhimligi qayd etildi. Xususan, joriy yil 14 oktabr kuni Termiz shahrida Turkmaniston ijodiy jamoalari ishtirokida konsert muvaffaqiyatli o‘tgani ta’kidlandi.

Shuningdek, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Muloqot so‘ngida davlat rahbarlari qardosh mamlakatlarimiz o‘rtasidagi yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik va amaliy hamkorlik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlashga intilishlari qat’iy ekanini yana bir bor tasdiqladilar.

www.president.uz