Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

“O’ZBEKISTON PREZIDENTINING XITOYGA TASHRIFI YAKUNLARI IKKI TOMONLAMA ALOQALAR TARIXIDA YANGI SAHIFANI OCHADI”

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
“O'ZBEKISTON PREZIDENTINING XITOYGA TASHRIFI YAKUNLARI IKKI TOMONLAMA ALOQALAR TARIXIDA YANGI SAHIFANI OCHADI”

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning joriy yil 2-3-sentabr kunlari Xitoy Xalq Respublikasiga buyurgan tashrifi XXR ekspertlar hamjamiyatida katta qiziqish uyg’otdi.

Shanxayda xitoylik ayrim ekspertlar ushbu voqeaning O’zbekiston - Xitoy munosabatlari kengayishidagi ahamiyati yuzasidan “Jahon” axborot agentligiga o’z fikr-mulohazalarini birdirishdi.

Yuy Sinxuy, Shanxay Ijtimoiy fanlar akademiyasi partiya qo’mitasining kotibi:

— Strategik sherik mamlakatlar bo’lgan Xitoy va O’zbekiston turli sohalarda samarali hamkorlik qilmoqda. Biz O’zbekistonning Xitoy Xalq Respublikasining qator tashabbuslarini qo’llab-quvvatlaganini qadrlaymiz. Pekin, o’z navbatida, rasmiy Toshkentning tinchlikni saqlash va mustahkamlashga oid tashabbuslarni tabriklaydi. Shu bois mamlakatingiz Prezidentining tashrifi yakunlari ikki tomonlama aloqalar tarixida yangi sahifani ochishiga hamda siyosiy, iqtisodiy va sarmoyaviy sohalardagi o’zaro hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qilishi shubhasizdir.

Xitoyda O’zbekistonning suveren rivojlanish yillari davomida qo’lga kiritgan muvaffaqiyatlarini, jumladan, bozor iqtisodiyoti asoslarini barpo etish va kuchli fuqarolik jamiyatini shakllantirish jarayonlarini diqqat bilan kuzatib borishadi.

Shuningdek, respublika xalqaro maydonda tinchliksevar tashqi siyosat olib bormoqda. O’zbek xalqi Islom Karimov rahbarligidagi keng ko’lamli islohotlar yo’lini ma’qullaydi va qo’llab-quvvatlaydi. Joriy yil mart oyida bo’lib o’tgan Prezident saylovlarining natijalari buni yaqqol tasdiqladi.

Umuman olganda, O’zbekiston tarixan qisqa muddat ichida yuz yilliklarga teng bo’lgan yo’lni bosib o’tdi. U bugungi kunda zamonaviy, izchil rivojlanib borayotgan davlat hisoblanadi. Akademiyamiz delegatsiyalarining mamlakatingizga safarlari chog’ida biz bunga amin bo’ldik.

Yao Simin, Shanxay universiteti huzuridagi O’zbekiston tadqiqotlari va ma’rifiy almashuvlar markazining direktori:

— XXR raisi bir necha marotaba qayd etganidek, jumladan, mart oyida Islom Karimov mamlakat Prezidenti etib saylangani munosabati bilan yo’llangan qutlovnomada ham ta’kidlaganidek, Xitoy tashqi siyosatining strategiyasida O’zbekiston muhim o’rinni egallaydi.

Yuqori va oliy darajadagi tashriflar muntazam ravishda amalga oshirilmoqda. Bu tomonlar o’rtasidagi o’zaro aloqalarning o’suvchanligidan, xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik ko’pgina o’ta muhim masalalar yuzasidan nuqtai nazarlarning mushtarakligidan, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy va madaniy-gumanitar hamkorlikni chuqurlashtirish yuzasidan birdek manfaatdorlikning mavjud ekanligidan dalolat beradi.

2013-yili oliy o’quv yurtimizda O’zbekiston tadqiqotlari va ma’rifiy almashuvlar markazining ochilgani ikki tomonlama hamkorlik rivojiga muhim hissa qo’shdi. Bundan tashqari, biz respublikaning institut va universitetlari bilan o’zaro aloqalarimizni yo’lga qo’ydik.

Oliy o’quv yurtimiz hududida buyuk o’zbek shoiri va davlat arbobi Alisher Navoiy haykalini o’rnatish masalasini ishlab chiqish nihoyasiga yetmoqda.

Yan Bo, Shanxay Xalqaro tadqiqotlar universiteti huzuridagi Markaziy Osiyo tadqiqotlari markazi direktorining o’rinbosari:

— O’zbekiston Markaziy Osiyodagi vaziyatga o’ta jiddiy ta’sir ko’rsatadi. Bu mamlakat Xitoyning mintaqadagi muhim sherigi hisoblanadi. Tomonlar bir-birining manfaatlarini ilgari surish uchun xalqaro maydonda siyosiy jihatdan bir-birini o’zaro qo’llab-quvvatlashmoqda.

Iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlik ko’lamlari kengaymoqda, Xitoyning ko’pgina kompaniyalari O’zbekiston bozoriga tobora faol kirib borishayotgani holda istiqbolli loyihalarni hayotga tadbiq etmoqda.

Ishonchim komilki, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning mazkur tashrifi mamlakatlarimiz o’rtasidagi o’zaro ishonchga asoslangan do’stona munosabatlarni yanada chuqurlashtirishga ko’maklashadi.

Szyan Fen, Shanxay Xalqaro tadqiqotlar universiteti partiya qo’mitasining kotibi:

— Yaqinda respublikangiz mustaqillikning 24 yilligini nishonladi. Fursatdan foydalanib, O’zbekiston xalqini ushbu qutlug’ sana bilan chin dildan tabriklayman.

Shuni qayd etish joizki, o’tgan yillar davomida Prezident Islom Karimov rahbarligidagi oqilona strategiya tufayli O’zbekiston dunyoning izchil rivojlanib borayotgan davlatlari safidan joy oldi. O’z taraqqiyot modeliga tayangan holda respublika ichki siyosiy barqarorlikni, iqtisodiy o’sish va ijtimoiy farovonlikni ta’minlamoqda. Bu muvaffaqiyatlar xalqaro hamjamiyat tomonidan keng e’tirof etilmoqda.

Xitoy - O’zbekiston do’stligi borgan sari barqaror mustahkamlanib borayotgani bizlarni quvontiradi. Hozirgi paytda bizning munosabatlarimiz izchil rivojlanib borayotgani bilan izohlanadi. Shanxay Xalqaro tadqiqotlar universiteti bundan keyin ham mamlakatlarimiz o’rtasida ta’lim sohasidagi o’zaro hamkorlikning chuqurlashishiga o’z hissasini qo’shishga tayyordir.

“Jahon” AA, Shanxay