Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

O‘ZBEKISTON — QIRG‘IZISTON: IKKI XALQ MANFAATLARI YO‘LIDAGI SAMARALI HAMKORLIK

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
O‘ZBEKISTON — QIRG‘IZISTON: IKKI XALQ MANFAATLARI YO‘LIDAGI SAMARALI HAMKORLIK

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahbarligida amalga oshirilayotgan ichki va tashqi siyosat, jumladan, qo‘shni davlatlar bilan jadal rivojlanib borayotgan munosabatlar yetakchi xorijiy ekspertlik-tahliliy doiralarning joriy yildagi asosiy e’tiborini jalb etgan masalalardan biriga aylandi.

Xalqaro kuzatuvchilar O‘zbekiston rahbariyati Markaziy Osiyoni tashqi siyosatning ustuvor yo‘nalishi sifatida e’lon qilgan holda 2017 yilda bu borada amaliy qadamlar tashlayotganini alohida e’tirof etishmoqda.

Qirg‘iziston Respublikasi bilan konstruktiv, serqirra hamda o‘zaro manfaatli muloqot O‘zbekiston tashqi siyosatining strategik yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Hech mubolag‘asiz aytish mumkinki, juda qisqa vaqt ichida ikki davlat munosabatlarini mustahkamlash va kengaytirish bo‘yicha tarixiy qadamlar tashlandi. Ikki tomonlama munosabatlar ijobiy tarafga siljib, aniq amaliy mazmun bilan boyimoqda.

Bularning barchasi O‘zbekistonning do‘stona hamda o‘zaro manfaatli davlatlararo munosabatlarni rivojlantirish bo‘yicha qat’iy siyosiy xohish-irodasi natijasi, desak, yanglishmaymiz. Qirg‘izistonning sobiq Prezidenti Almazbek Atamboyev ushbu hayotiy haqiqatni tan olgan holda, xalqlarimiz o‘rtasida asrlar davomida shakllangan do‘stlik va yaqin qo‘shnichilik rishtalari yangi nafasdan bahramand bo‘ldi, deya qayd etdi. Bundan tashqari, A. Atamboyev Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti sifatidagi so‘nggi huj-jatlaridan biri aynan Shavkat Mirziyoyevni ikki mamlakatning “strategik -sherikligini o‘rnatishga ulkan hissa qo‘shgani uchun” Qirg‘izistonning yuksak davlat mukofoti — “Danaker” ordeni bilan taqdirlash to‘g‘risidagi Farmonni imzolagani bo‘ldi.

O‘zbekiston hamda Qirg‘iziston yaqin qo‘shnichilik munosabatlaridagi oxirgi tendentsiyalarni xalqaro kuzatuvchilar aksariyat hollarda “tarixiy” deya ta’riflashmoqda. Bu e’tirof haqiqatga yaqinligini qator omillar ham ko‘rsatadi.

Avvalambor, ikki tomonlama muloqotlar barcha darajada yanada faollashdi. Qisqa vaqt ichida oliy darajada ikkita tashrif amalga oshirildi: 2017 yilning sentyabr oyida Shavkat Mirziyoyev Qirg‘izistonga davlat tashrifi bilan borgan bo‘lsa, oktyabr oyida Almazbek Atamboyev mamlakatimizga davlat tashrifi bilan keldi.

Parlamentlar, vazirlik va idoralar, chegaradosh hududlar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalar ham rivojlanib borayapti. 2017 yilning avgustida uzoq davom etgan tanaffusdan so‘ng O‘zbekiston hamda Qirg‘iziston Bosh vazirlari boshqaradigan hukumatlararo komissiya o‘z ishini qayta tikladi. Ikki tomonlama bunday tig‘iz uchrashuvlar ilgari kuzatilmagan mislsiz hodisa sanaladi. Diplomatik munosabatlar o‘rnatilgan so‘nggi 25 yil davomida bunday yuksak siyosiy faollik ilk marta ko‘zga tashlanmoqda.

Ikkinchidan, oliy darajadagi muzokaralar natijasida turli sohalarda ikki tomonlama muloqotlarni yanada mustahkamlash va kengaytirishga qaratilgan muhim davlatlararo bitimlar imzolandi. Xususan, joriy yilda ikki mamlakat hamkorligining shartnomaviy-huquqiy asosi yana 25 ta hujjat bilan boyidi. Ular orasida O‘zbekiston Respublikasi bilan Qirg‘iziston Respublikasi o‘rtasida strategik sheriklik, do‘stlik, ahil qo‘shnichilik hamda ishonchni mustahkamlash to‘g‘risida deklaratsiya va o‘zbek-qirg‘iz davlat chegarasi to‘g‘risidagi shartnomani alohida ko‘rsatib o‘tish mumkin.

Chegarani belgilash to‘g‘risidagi shartnomani imzolash uchun o‘zbek-qirg‘iz davlat chegarasini delimitatsiya hamda demarkatsiyalash masalalari bo‘yicha ishchi guruhlar qisqa davr ichida 15 dan ortiq uchrashuvlar o‘tkazdi. Hozirgi kunda ushbu yo‘nalishda birgalikdagi sa’y-harakatlar jadal davom etayapti.

Uchinchidan, hamkorlik yo‘nalishlari tobora kengayib bormoqda. Jumladan, ikki mamlakat Mudofaa vazirliklari o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi va Qirg‘iziston Transport va yo‘l -vazirligi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida memorandum tuzildi. Bundan tashqari, Toshkent — Andijon — O‘sh — Irkishtom — Qoshg‘ar yo‘nalishi bo‘yicha hamkorlikda avtomobil qatnovi sinovdan o‘tkazildi. Tomonlar O‘zbekiston — Qirg‘iziston — Xitoy temir yo‘li tezroq qurilishidan manfaatdor. Turizm sohasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi, chegaradosh hududlar o‘rtasida hamkorlik aloqalari kengayib borayapti.

Qirg‘izistonda “Isuzu” avtobuslarini va “Ravon” avtomobillarini hamkorlikda yig‘ish, qishloq xo‘jaligi texnikasini ishlab chiqarish, kir yuvish mashinalarini yig‘ishni yo‘lga qo‘yish masalalari ishlab chiqilmoqda. Ikki tomonlama muzokaralar chog‘ida erishilgan kelishuvlarni o‘z vaqtida, muvaffaqiyatli hamda to‘liq bajarish uchun tomonlar “Yo‘l xaritasi”ni imzolagan va tasdiqlagan.

To‘rtinchidan, fuqarolarning davlat chegaralaridan o‘tish tartib-taomillari ikki davlat rahbarlarining o‘zbek-qirg‘iz chegarasini do‘stlik chegarasiga aylantirish g‘oyalaridan kelib chiqqan holda soddalashtirilmoqda. Shu munosabat bilan “Do‘stlik” (Andijon viloyati), “Kosonsoy” va “Boymoq” (Namangan viloyati) nazorat-o‘tkazish punktlari faoliyati qayta tiklandi. 1 oktyabrdan Qirg‘iziston fuqarolariga “Qadamjoy”, “Vodil” (Farg‘ona viloyati) nazorat-o‘tkazish punktlari orqali chegaradan o‘tish soddalashtirildi. Endilikda turli taklifnoma va telegrammalarni kutish shart emas.

O‘zbekiston Respublikasi bilan Qirg‘iziston Respublikasi o‘rtasida strategik sheriklik, do‘stlik, ahil qo‘shnichilik hamda ishonchni mustahkamlash to‘g‘risida deklaratsiyada shunday qoida o‘rin olganki, unga muvofiq, davlat chegarasidagi o‘tkazish punktlari faoliyati masalalarini istiqbolda hal qilish xalqlarimiz manfaatlariga javob beradi va savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar hamkorlikni yanada rivoj-lantirishga, butun mintaqaning tranzit salohiyatini kengaytirishga xizmat qiladi.

Beshinchidan, ikki mamlakat xalqlarining do‘stlik rishtalari izchil mustahkamlanmoqda. Madaniyat, ta’lim, fan, san’at hamda turizm sohasida ikki tomonlama aloqalarni yanada chuqurlashtirish oliy darajada belgilab berildi. Hududlarda o‘zbek va qirg‘iz xalqlariga o‘z ona tili, milliy madaniyati, an’ana hamda urf-odatlarini saqlash uchun qulay sharoitlar yaratiladi, ularning huquq va manfaatlarini ta’minlash yo‘lida barcha zarur chora-tadbir ko‘riladi.

Ushbu maqsadda 2017-2018 yillarda Qirg‘izistonda O‘zbekiston, O‘zbekistonda esa Qirg‘iziston madaniyati kunlari o‘tkazilmoqda. O‘zbekiston tarafi O‘sh shahrida umumta’lim maktabini barpo etayapti, madaniyat hamda ijodiy jamoalar o‘rtasida faol almashuvlar yo‘lga qo‘yildi. Qirg‘izistonda O‘zbekistonning atoqli davlat arbobi, yozuvchi Sharof Rashidov tavalludining 100 yilligi keng nishonlandi, O‘zbekistonda esa 2018 yilda Qirg‘iziston Respublikasi xalq yozuvchisi Chingiz Aytmatov tavalludining 90 yilligi nishonlanadi.

Oltinchidan, savdo-iqtisodiy aloqalar ham sezilarli darajada jonlandi. Masalan, 2016 yil yakunlariga ko‘ra, o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 23 foiz o‘sib, 167,5 million AQSh dollarini, 2017 yilning birinchi yarmida esa mazkur ko‘rsatkich 69 foiz o‘sib, 112 million dollarni tashkil qildi.

Mamlakatlarimiz ishga solinmagan salohiyatdan unumli foydalanish va yuqori qo‘shilgan qiymatga ega mahsulotlarni jalb etish orqali nomenklaturani kengaytirish hisobiga o‘zaro savdo hajmini yanada oshirishni maqsad qilgan. Yaqin kelajakda ikki tomonlama savdo aylanmasini 500 million AQSh dollarigacha olib chiqish rejalashtirilayapti. Ushbu maqsadda O‘zbekiston hamda Qirg‘iziston ishbilarmon doiralari o‘rtasida hamkorlik aloqalari jadallashmoqda. Misol uchun, Toshkent va Bishkekda ikkita biznes forumi bo‘lib o‘tdi: Bishkekda umumiy qiymati 175 million AQSh dollarilik 57 ta shartnoma imzolangan bo‘lsa, Toshkentda 200 million dollarlikdan ortiq 17 bitim tuzildi.

Ikki tomonlama munosabatlarda eng muhim natija shuki, taraflar o‘zaro gina-kuduratlarni chetga surib, mavjud muammolarni butunlay hal etish hamda o‘zaro ishonchni mustahkamlash uchun maqbul yechimlarni birgalikda izlashga qaror qilishdi. Binobarin, Markaziy Osiyoni barqaror, iqtisodiy rivojlangan va yuksak taraqqiy topgan mintaqaga aylantirish O‘zbekiston hamda Qirg‘iziston xalqlarining manfaatlariga ham to‘la mos keladi.

Shubhasiz, Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti S. Jeenbekovning O‘zbekistonga rasmiy tashrifi o‘z mazmun-mohiyati va amaliy natijasiga ko‘ra, ikki davlat rahbarlarining avvalgi uchrashuvlaridan kam bo‘lmaydi. Bu O‘zbekiston hamda Qirg‘izistonning do‘stona va yaqin qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlash yo‘lidagi navbatdagi muhim qadamdir.

www.xs.uz