Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

O‘ZBEKISTON – QOZOG‘ISTON BIZNES FORUMI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
O‘ZBEKISTON – QOZOG‘ISTON BIZNES FORUMI

Poytaxtimizda 19-oktabr kuni O‘zbekiston va Qozog‘iston ishbilarmonlari biznes forumi bo‘lib o‘tdi.

Unda ikki mamlakatning savdo, sarmoya, qurilish, kimyo, farmatsevtika, oziq-ovqat, qishloq va suv xo‘jaligi, energetika, avtomobilsozlik, yengil sanoat, transport va logistika, axborot texnologiyalari kabi sohalar uchun mas’ul vazirlik va idoralari, kompaniya va konsernlari rahbarlari ishtirok etdi.

O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi A.Ikromov, Qozog‘istonning mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Ye.Utembayev, “Kazakh invest” kompaniyasi boshqaruvi raisi A.Arinov va boshqalar mamlakatlarimiz o‘rtasidagi aloqalar barcha sohalarda izchil rivojlanayotganini ta’kidladi. Mamlakatlarimiz o‘rtasida imzolangan Abadiy do‘stlik to‘g‘risida shartnoma, Strategik sheriklik to‘g‘risidagi shartnoma va boshqa qator hujjatlar bunda muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qilmoqda.

O‘zbekiston bilan Qozog‘iston o‘rtasida sarmoyaviy, savdo-iqtisodiy, ijtimoiy sohalarda manfaatli hamkorlikka oid istiqbolli loyihalar amalga oshirilmoqda. O‘zaro tovar ayirboshlash hajmi barqaror o‘smoqda. Mamlakatimizda Qozog‘iston kapitali ishtirokidagi 200 dan ziyod kompaniya faoliyat yuritmoqda. O‘zaro tovar aylanmasi 2016 yilda 2 milliard dollardan oshdi. Joriy yilning yanvar-avgust oylarida savdo aylanmasi 35 foiz o‘sdi. Bunda shu yil mart oyida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi bilan Qozog‘iston Respublikasi o‘rtasida 2017-2019 yillarga mo‘ljallangan iqtisodiy hamkorlik strategiyasi muhim dasturilamal bo‘lmoqda.

Ikki mamlakat ishbilarmonlari ishtirokida tashkil etilayotgan biznes-forumlar savdo-iqtisodiy sohada mavjud imkoniyatlardan yanada samarali foydalanish imkonini bermoqda. Shu yil mart oyida Ostona shahrida hamda sentyabr oyida Toshkentda bo‘lib o‘tgan biznes- forumlarda umumiy qiymati 1,2 milliard dollarga teng bitimlar imzolandi.

Forumda qozog‘istonlik ishbilarmonlarga Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan ishlab chiqilgan O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi asosida barcha sohalarda chuqur tarkibiy o‘zgarishlar amalga oshirilayotgani haqida ma’lumot berildi. Yurtimizda qulay sarmoyaviy muhitni shakllantirish, tadbirkorlar va investorlar uchun soliq, bojxona imtiyozlarini kafolatlaydigan qonunlar hamda boshqa hujjatlar qabul qilinayotgani qayd etildi.

Biznes-forum doirasida “Chirchiq transformator zavodi” va Qozog‘istonning “Alageum Electric” aksiyadorlik jamiyatlari o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida memorandum va boshqa kelishuvlar imzolandi.

– Mamlakatimizda sanoatni modernizatsiya va diversifikatsiya qilish izchillik bilan olib borilmoqda, – deydi “Chirchiq transformator zavodi” AJ bosh direktori A.Nazarov. – Bu boradagi chora-tadbirlar zamonaviy va yuqori texnologik uskunalarni ishlab chiqarishga joriy etish imkonini bermoqda. Qozog‘istonning “Alageum Electric” aksiyadorlik jamiyati bilan tuzilgan memorandum hamkorlikda yuqori kuchlanishli transformatorlar ishlab chiqarishni nazarda tutadi.

Forum davomida B2B shaklidagi muloqotlar ham tashkil etildi. Unda ishtirokchilar turli sohalardagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish istiqbollarini muhokama qildi.

– O‘zbekiston zaminida yetishtirilayotgan sarxil meva-sabzavotlar sifati, mazasi va vitaminlarga boyligi bilan mashhur, – deydi Qozog‘istondagi “Swiss Grow” qo‘shma korxonasi tijorat direktori M.Saurbekov. – Korxonamizda qishloq xo‘jaligi ekinlari uchun o‘g‘itlar ishlab chiqariladi. Forumda o‘zbekistonlik ishbilarmonlar bilan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini xavfsiz va samarali yetishtirish bo‘yicha muzokaralar olib bordik. Bu hamkorligimiz kelgusida o‘z samaralarini berishiga ishonamiz.

Biznes-forumda yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish, qo‘shma korxonalar faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalalari ham ko‘rib chiqildi.

www.uza.uz