O‘ZBEKISTON – QOZOG‘ISTON BIZNES-FORUMI
 Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili
						Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili
					 
				
					 
						 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori
					 
				
					 
						
						O’zbekistonning Investitsion Salohiyat
						O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori
					 
				
					 
						
						O’zbekistonning Investitsion Salohiyat
					 
				
					 
						 Uchrashuvlar
						Uchrashuvlar
					 
				
					 
						 XMT doirasidagi xamkorlik
						XMT doirasidagi xamkorlik 
					 
				
					 
						 BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari
						BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari
					 
				
					 
						 Press-relizlar
						Press-relizlar
					 
				
					 
						 Vakolatxona yangiliklari
						Vakolatxona yangiliklari
					 
				
					 
						 Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi
						Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi
					 
				
					 
						 O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni
						O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni
					 
				
					 
						 Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod
						Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod
					 
				
					 
						 Sayyohlik
						Sayyohlik
					 
				
					 
						 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni
						8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni
					 
				
					 
						 O’zbekiston matbuoti daydjestlari
						O’zbekiston matbuoti daydjestlari
					 
				
					 
						 2022 — 2026  ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА
						2022 — 2026  ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА
					 
				
					 
						 Конституциявий ислоҳотлар
						Конституциявий ислоҳотлар
					 
				
					 
						 Boshqa yangiliklar va voqealar
						Boshqa yangiliklar va voqealar
					 
				
				
					Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28
 
					Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyevning mamlakatimizga davlat tashrifi doirasida Toshkent shahrida 16-sentabr kuni O‘zbekiston va Qozog‘iston ishbilarmonlarining biznes-forumi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda ikki mamlakatning tashqi iqtisodiy aloqalar, savdo, sarmoya, bank-moliya, yoqilg‘i-energetika, aviatashuv, avtomobilsozlik, qishloq va suv xo‘jaligi, qurilish, tog‘-kon sanoati, oziq-ovqat, kimyo, yengil sanoat, to‘qimachilik, elektron mahsulotlar ishlab chiqarish, transport va transport kommunikatsiyalari, logistika, sug‘urta, eksport-import, aloqa, axborot texnologiyalari va telekommunikatsiyalar, sog‘liqni saqlash, farmatsevtika, sayyohlik va fan-ta’lim kabi sohalar uchun mas’ul vazirlik va idoralari, kompaniya va konsernlari rahbarlari ishtirok etdi.
Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlik izchil rivojlanib borayotgani, mazkur biznes-forum savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy va ijtimoiy sohalardagi aloqalarni yangi bosqichga olib chiqishda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.
O‘zbekistondan qo‘shni mamlakatga tabiiy gaz, avtomobillar, transport vositalari, mineral o‘g‘itlar, to‘qimachilik, elektr energiyasi, meva-sabzavot mahsulotlari, qurilish materiallari va boshqa turdagi tovar va mahsulotlar yetkazib berilmoqda. Qozog‘istondan mamlakatimizga neft va neft mahsulotlari, metall, un, yog‘ olib kirilmoqda. O‘zbekistonda qozog‘istonlik ishbilarmonlar bilan hamkorlikda tashkil etilgan 230 ga yaqin korxona, Qozog‘istonda mamlakatimiz tadbirkorlari bilan birgalikda tuzilgan 130 dan ziyod korxona faoliyat ko‘rsatmoqda. Joriy yilda Qozog‘istonning «AllurGroup» avtotransport vositalarini ishlab chiqaruvchi milliy kompaniyasi bilan «GM Uzbekistan» kompaniyasi o‘rtasida Qo‘stanayda «Ravon» brendi ostida yengil avtomobillar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish yuzasidan kelishuvga erishilgani bu yo‘nalishdagi hamkorlik aloqalarini kengaytirishga alohida e’tibor berilayotganini ko‘rsatdi.
Ikki davlat rahbarlari tomonidan mamlakatlarimiz o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni yangi bosqichga ko‘tarish yuzasidan ko‘rilayotgan qat’iy chora-tadbirlar natijasida mamlakatlarimiz o‘rtasidagi tovar almashuv izchil o‘smoqda.
Forumda Qozog‘istonning qishloq xo‘jaligi, savdo-sotiq, neft-gaz, farmatsevtika, mashinasozlik, kimyo, qurilish, oziq-ovqat, harbiy, yengil sanoat va boshqa ishlab chiqarish hamda xizmat ko‘rsatish tarmoqlarida faoliyat ko‘rsatayotgan 400 dan ortiq kompaniya vakillari ishtirok etdi.
Mamlakatimizning ulkan iqtisodiy salohiyati, zamonaviy transport kommunikatsiyalari, yurtimizdagi qulay sarmoyaviy muhit ko‘plab davlatlar qatori Qozog‘iston ishbilarmon doiralarining ham hamkorlikka qiziqishini tobora oshirmoqda.
Forumda qozog‘istonlik ishbilarmonlarga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, sarmoya kiritish istiqbollari, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish omillari to‘g‘risida ma’lumot berildi. O‘zbekiston va Qozog‘iston ishbilarmonlari hamkorligida turli sohalarda amalga oshirilayotgan qo‘shma loyihalar va ularning ijrosi haqida so‘z yuritildi.
– Bugun O‘zbekiston zaminida yetishtirilayotgan meva-sabzavotlarning dovrug‘i dunyoga tobora kengroq taralmoqda, – deydi «Soyuzplodoovoщ» xalqaro uyushmasi prezidenti Kazibek Matkerimov. – Bunda mamlakatingiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tomonidan O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini diversifikatsiya qilish, meva-sabzavot eksportini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan sa’y-harakatlarning o‘rni alohida bo‘layotganini qayd etish lozim. Bizning bugun Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining eksportini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi bilan yurtingizda yetishtirilayotgan meva-sabzavot mahsulotlarini Qozog‘iston bozorlariga yetkazib berish bo‘yicha kelishuvga erishishimiz ham mamlakatingizdagi ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarning amaliy ifodasi deyish mumkin.
Ekspertlarning fikricha, ikki mamlakat o‘rtasidagi tovar aylanmasini kamida ikki barobar oshirish imkoniyati mavjud. Mazkur jarayonni tezlashtirishning samarali usuli esa ikki mamlakat ishbilarmonlari va boshqa manfaatdor tomonlari o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlashda qo‘shma tadbirlarni amalga oshirishdir.
Biznes-forum davomida ishtirokchilar o‘zaro manfaatdorlikning turli sohalarida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish istiqbollarini muhokama qildi, yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish bilan bog‘liq qator masalalar, jumladan, ularning asosiy parametrlari va moliyalashtirish manbalari ko‘rib chiqildi.
O’zA
 
 
		 
				
					 
				
					 
				
					 
				
					 
				
					 
				
					 
				
					 
				
					 
				
			 
				 
  
 



















