O‘ZBEKISTON-QOZOG‘ISTON MASLAHATLASHUVLARIGA DOIR
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

2015-yilning 4-5-dekabr kunlari Ostona shahrida O‘zbekiston va Qozog‘iston tashqi ishlar vazirliklarining huquq masalalari bo‘yicha boshqarmalari darajasidagi maslahatlashuvlar bo‘lib o‘tdi.
Qozog‘iston Respublikasi TIV xalqaro huquq departamenti direktori Arman Isetov bilan bo‘lgan uchrashuvda ikki davlat tashqi siyosat idoralari o‘rtasida 2015-2016-yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturiga muvofiq amaldagi ikki tomonlama hujjatlar ro‘yxati ko‘rib chiqildi, turli sohalardagi hamkorlikning shartnomaviy-huquqiy negizini yanada rivojlantirish nuqtayi nazaridan bo‘lajak bitim loyihalari yuzasidan fikr almashildi.