O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATI TARKIBIDAGI SO‘NGGI O‘ZGARISHLAR
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti hukumat tarkibidagi o‘zgarishlar haqida xabar berdi.
Akmalov Qahramon Valiyevich O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi
2017-yil 28-noyabrdagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5257-son farmoniga muvofiq Akmalov Qahramon Valiyevich O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – Ta’lim, sog‘liqni saqlash, ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari kompleksining rahbari lavozimiga tayinlandi, shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.
Otajonov Nodir Sobirovich O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi
2017-yil 28-noyabrdagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5256-son farmoniga muvofiq Otajonov Nodir Sobirovich O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, «O‘zagrotexsanoatxolding» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi – Tashqi savdo faoliyati, eksport salohiyati, mashinasozlik, avtomobil, elektrotexnika, mudofaa, paxtani qayta ishlash va yengil sanoatini rivojlantirish, mahsulotlarni standartlashtirish masalalari kompleksining rahbari lavozimiga tayinlandi, shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, «O‘zagrotexsanoatxolding» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi – Tashqi savdo faoliyati, eksport salohiyati, mashinasozlik, avtomobil va elektrotexnika sanoatini rivojlantirish, mahsulotlarni standartlashtirish masalalari kompleksining rahbari lavozimidan ozod etildi.
Mirzayev Zoyir Toirovich O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi
2017-yil 28-noyabrdagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5255-son farmoniga muvofiq Mirzayev Zoyir Toirovich O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri – Qishloq va suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash masalalari kompleksining rahbari lavozimiga tayinlandi, shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri – Qishloq va suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda iste’mol tovarlari masalalari kompleksining rahbari lavozimidan ozod etildi.
Qo‘chqorov Jamshid Anvarovich O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi
2017-yil 28-noyabrdagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5254-son farmoniga muvofiq Qo‘chqorov Jamshid Anvarovich O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziri - Makroiqtisodiy tahlil va prognozlashtirish, moliya va bank tizimlarini isloh qilish, xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish masalalari kompleksining rahbari lavozimiga tayinlandi, shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziri -Makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy o‘zgartirishlar, xorijiy investitsiyalarni jalb etish masalalari kompleksining rahbari lavozimidan ozod etildi.
Xo‘j ayev Jamshid Abduhakimovich Tashqi savdo vaziri lavozimiga tayinlandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 28-noyabrdagi PF-5260-son farmoniga muvofiq Xo‘jayev Jamshid Abduhakimovich - O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vaziri lavozimiga tayinlandi, shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisining birinchi o‘rinbosari – O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga tushumlarning to‘liqligini nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i lavozimidan ozod etildi.
Xolmuradov Suxrob Rustamovich O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 28-noyabrdagi PF-5253 sonli farmoniga muvofiq Xolmuradov Suxrob Rustamovich - O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, Investitsiyalar, innovatsion rivojlantirish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat hududlari faoliyatini muvofiqlashtirish, turizm masalalari kompleksining rahbari lavozimiga tayinlandi.
Xo‘jayev Bоtir Asadillayevich Iqtisodiyot vaziri lavozimiga tayinlandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 28-noyabrdagi PF-5258 sonli farmoniga muvofiq Xo‘jayev Bоtir Asadillayevich - O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vaziri lavozimiga tayinlandi, shu munosabat bilan Moliya vaziri lavozimidan ozod etildi.