O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKIDA I CHORAGIDAGI FAOLIYAT YAKUNLARI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankida bank tizimining 2015-yilning I choragidagi faoliyati yakunlariga bag’ishlangan kengaytirilgan Boshqaruv majlisi bo’lib o’tdi, deya xabar beradi bank matbuot xizmati.
Hisobot davrida bank tizimi kapitalining yetarlilik darajasi 23,7 foizni tashkil etib, u xalqaro bank nazorati bo’yicha Bazel qo’mitasi tomonidan 8 foiz qilib belgilangan talabga nisbatan qariyb 3 barobar ziyoddir. 2015-yilning 1-aprel holatiga ko’ra, banklarning umumiy kapitali 6,9 trln. so’mdan oshib ketdi.
Bank tizimining joriy likvidlik darajasi bir necha yildan buyon 64 foizdan yuqori bo’lib, bu ko’rsatkich ham jahon amaliyotida umumqabul qilingan minimal ko’rsatkichdan 2 barobar ortiqdir. Bank aktivlari 2014-yilning shu davriga nisbatan 28,1 foiz o’sib, bugungi kunda 56,6 trln. so’mdan oshdi.
Xususan, 2015-yilning I choragida iqtisodiyotning real sektoriga yo’naltirilgan kreditlarning umumiy hajmi 2014-yilning shu davriga nisbatan 30,6 foiz ortib, 2015-yil 1-aprel holatiga ko’ra, 35 trln. so’mni tashkil etdi.
Xususan, banklarga qo’yilgan depozit o’tgan yilning shu davriga nisbatan 30,3 foiz o’sib, 2015-yilning 1-aprel holatiga ko’ra 28,6 trln. so’mdan ortdi. Hisobot davrida moliyaviy xizmatlar tarkibida, bevosita bank xizmatlarining ulushi 88 foizga yetib, bu ko’rsatkich ham 2014-yilning shu davriga nisbatan 1,3 barobar oshdi.
“Jahon” AA